22:16
O`zbekistonlik to`qqiz bokschi Osiyo chempionati finaliga yo`llanma oldi
Poytaxtdagi “O`zbekiston” sport majmuasida boks bo`yicha o`tkazilayotgan Osiyo chempionatining yarim final bahslari yakunlandi, deb xabar beradi O`zA.

Chempionatning 52 kilogramm vazn toifasida mamlakatimiz sharafini himoya qilayotgan Jasurbek Latipov qozog`istonlik Azamat Issaqulovni mag`lubiyatga uchratgan bo`lsa, 56 kilogramm vazn toifasida qatnashayotgan Murodjon Ahmadaliev Janubiy Koreya vakili Yon Xun Xanga qarshi ringga ko`tarildi va ikkinchi raundda raqibini nokautga uchratdi.

81 kilogramm vaznda jang o`tkazayotgan Bektemir Meliqo`ziev xitoylik Xuan Jyabinga qarshi jangda muddatidan oldin zafar quchdi. Vazni 91 kilogrammdan ortiq bo`lgan Bahodir Jalolov suriyalik Muhammad Mulaesni engdi.

Shuningdek, sportchilarimizdan Hasanboy Do`smatov hindistonlik Amit, Iqboljon Xoldorov qozog`istonlik Bekdavlat Ibragimov, Isroil Madrimov qozog`istonlik Abilxon Amankul, Elnur Abduraimov xitoylik Jun Shan, Shahram G`iyosov esa eronlik Sajjad Kozimzodaposhtiriy ustidan g`alaba qozondi.
Manba: Darakchi.uz
Категория: Qiziqarli sport yangiliklari / futbol xabarlari | Просмотров: 852 | Добавил: Admin | Теги: Ozbekistonlik toqqiz bokschi Osiyo | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar