17:17 O`zbekistonda onasi va ukasini vahshiyona o`ldirgan yigit qo`lga olindi | |
Turmushidan ajrab, ikki nafar o`g`il farzandini bir o`zi voyaga etkazayotgan Gulnora To`raeva uyida fohishaxona ochib, oson pul topish yo`lini tanlaydi. Shu bois to`ng`ich o`g`li Og`abek bilan oralarida tez-tez kelishmovchiliklar yuzaga keladi, deya xabar beradi UzNews. Shundan kelishmovchiliklarning birida Og`abek onasining boshiga muzlatgich ostida turgan g`isht bilan etti marotaba uradi. Bu ham etmaganday, volidasini ro`mol bilan bo`g`ib o`ldiradi. Og`abek qilgan jinoyatini yashirish maqsadida yana bir qotillikka qo`l uradi. Voqea shohidi bo`lgan ukasi 5 yashar Azizbekni ham bo`g`ib o`ldirib, jomadonga joylaydi va erto`laga yashirib qo`yadi. Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. «O'zbekiston 24» telekanali lavhasida voqea qaerda sodir bo`lganiga aniqlik kiritilmagan. Manba: Darakchi.uz | |
|
Всего комментариев: 0 | |
| |