00:46 O`zbekistonda ish haqi miqdori va mehnat faoliyati to`g`risida arxiv ma`lumotnomalarini olish osonlashdi | |
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali endi mehnat faoliyatini tasdiqlash to`g`risidagi va ish haqi miqdorini tasdiqlash to`g`risidagi arxiv ma`lumotnomalarini olish mumkin. Bu haqda Norma xabar bermoqda. Jismoniy shaxslarga xizmatlar bepul taqdim etiladi. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi «O`zarxiv» agentligi ularning bajarilishini ta`minlaydi. Servis Vazirlar Mahkamasining 5.04.2012 yildagi «O`zbekiston Respublikasida arxiv ishini takomillashtirish to`g`risida»gi 101-son qarorini bajarish maqsadida joriy etildi. Xizmatlardan foydalanish uchun Yagona identifikasiya tizimi (OneID) orqali YaIDXPda avtorizasiyadan o`tish zarur. Ko`rsatilgan hujjatlar, xususan, pensiya tayinlash chog`ida talab etiladi. Manba: Darakchi.uz | |
|
Всего комментариев: 0 | |