18:33
O`zbekistonda go`sht narxi nega ko`tarilmoqda? Iqtisodiyot vazirligi izoh berdi
O`zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi mamlakatda go`sht narxining oshish sabablariga aniqlik kiritdi.

Ta`kidlanishicha, viloyatlar va tumanlarda chorvachilik mahsulotlarini etishtirish va qayta ishlash komplekslarining etarli darajada rivojlanmagani, fermer va dehqon xo`jaliklarining mahsuldor chorva mollari bilan ta`minlanmagani hamda mahsuldor chorva mollarini etishtirish sohasidagi ilmiy izlanishlarning etishmasligi go`sht va go`sht mahsulotlari narxining oshib ketishiga olib kelmoqda.

Ozuqa-em mahsulotlarini etishtirish uchun er maydonlarining etishmasligi, erlarning sho`rlanishi, ozuqa-em mahsulotlari tannarxining yuqoriligi, realizasiya qilishdagi “vositachilar”ning ko`pligi ham go`sht mahsulotlari narxining qimmatlashuviga sabab bo`lmoqda.

Ma`lumot uchun: 2017 yilda mol go`shti 35,9 foizga, qo`y go`shti – 31,4 foizga, parranda go`shti – 33,1 foizga oshgan.
Manba: Darakchi.uz
Категория: Qiziqarli Yurtimiz yangiliklari / yurtimiz xabarlari | Просмотров: 705 | Добавил: Админ | Теги: Ozbekistonda gosht narxi nega kotar | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar