00:44
O`zbekistonda er silkinishi qayd etildi
2 fevral kuni soat 17:04 da O`zbekistonda erosti silkinishlari qayd etildi, deb xabar qiladi FVV matbuot xizmati.

Zilzila epimarkazi Toshkentdan 453 km masofada, Afg`oniston hududida 100 km chuqurlikda joylashgan. Magnitudasi – 5,4 ga teng.

Erosti silkinishlari kuchi Toshkent, Namangan, Andijon, Farg`ona, Guliston, Jizzax, Samarqand, Termiz, Qarshi va Navoiyda 2 ballni tashkil qildi.

O`zbekistonning boshqa hududlarida zilzila sezilmadi.

Talafotlar va jabrlanganlar to`g`risida ma`lumot kelib tushmagan.
Manba: Darakchi.uz
Категория: Qiziqarli Yurtimiz yangiliklari / yurtimiz xabarlari | Просмотров: 583 | Добавил: Admin | Теги: Ozbekistonda er silkinishi qayd eti | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar