22:51 O`zbekistonda dizel yonilg`isi 12 foizga qimmatlashdi | |
Vazirlar Mahkamasining 28 fevraldagi 149-son qarori bilan dizel yonilg`isi va EKO dizel yonilg`isining yagona chakana narxlariga tegishli o`zgartirishlar kiritildi. Bu haqda Norma xabar bermoqda. Joriy yilning 1 martidan quyidagi yagona chakana narxlar joriy etildi: - dizel yonilg`isi — 1 litri uchun 4600 so`m miqdorida (12,1 foizga qimmatlashdi); - EKO dizel yonilg`isi — 1 litri uchun 4700 so`m miqdorida (11,9 foizga qimmatlashdi). Qarorga muvofiq, dizel yonilg`isi ushbu narxlarda to`g`ridan-to`g`ri shartnomalar bo`yicha, shu jumladan, qishloq xo`jaligi mahsulotlarini etishtiruvchilar va avtomobillarga yonilg`i quyish shoxobchalariga iste`mol solig`ini hisobga olgan holda sotiladi. Xususan, paxta xom ashyosi va boshoqli don etishtiruvchilar sotib oladigan YoMM uchun 100 foiz oldindan to`lovni amalga oshiradi. Manba: Darakchi.uz | |
|
Всего комментариев: 0 | |
| |