14:54
O`zbekiston hududida yana zilzila qayd etildi
FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazining ma`lumotiga ko`ra 30 mart kuni Toshkent vaqti bilan soat 23:45da O`zbekiston Respublikasi hududida er silkinishi qayd etildi. Zilzila markazi Toshkent shahridan 465 km uzoqlikda janubiy yo`nalishda Afg`oniston Respublikasi hududida qayt etilgan.

Zilzila magnitudasi markazda 5,2 ballni tashkil etdi. Zilzila kuchi Toshkent shahrida 2 ball, Toshkent viloytida 2 ball, Samarqandda 2 ball, Sirdaryoda 2 ball, Farg`onada 2 ball, Namanganda 2 ball, Andijonda 2 ball, Jizzaxda 2 ball, Qashqadaryoda 2 ball, Surxondaryoda 2-3 ballni tashkil etdi.

O`zbekistonning boshqa hududlarida er silkinishi qayd etilmadi.

Talofatlar va jabrlanganlar to`g`risida ma`lumot kelib tushmadi, deb xabar bermoqda vazirlik matbuot xizmati.
Manba: Darakchi.uz
Категория: Qiziqarli Yurtimiz yangiliklari / yurtimiz xabarlari | Просмотров: 756 | Добавил: Админ | Теги: Ozbekiston hududida yana zilzila qa | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar