21:52
​O`zbek shou-biznesidagi taniqli xonandalardan biri uylanmoqda
To`y-inson hayotidagi eng hayajonli va unutilmas kun. Ayniqsa, taniqli insonlarning to`ylari hamma vaqt diqqat-e`tibor markazida bo`ladi.

O`zbek shou-biznesida o`ziga xos ijro yo`nalishiga ega yosh xonandalardan biri Tohir Usmonov bo`ydoqlik bilan xayrlashmoqda. Bu haqda “Darakchi.uz” ning yaqin manbalari xabar bermoqda.

Ma`lumotlarga ko`ra, yaqinda xonanda sevgan qizi bilan unashtirilgan. To`y kuni ham aniq. 7 sentyabr kuni Tohir Usmonov oilali xonandalar safidan o`rin egallaydi.

Shuni ham aytib o`tish kerakki, Tohir Usmonov ko`ngil qo`ygan qiz san`at sohasiga begona emas. U dizaynerlik bilan shug`ullanadi.
Manba: Darakchi.uz
Категория: Qiziqarli shou biznes yangiliklari | Просмотров: 1102 | Добавил: Admin | Теги: ​Ozbek shou-biznesidagi taniqli xon | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar