08:58 O`qituvchi dars vaqtida o`quvchining telefonini olib qo`yishga haqqi bormi? | |
Maktabda o`qiydigan farzandimni telefonini o`qituvchisi olib qo`yibdi. Shaxsiy mulk bo`lsa, uni olishga haqqi bormi? Ushbu savolga Adliya vazirligining "Huquqiy axborot" kanalida jabob berildi. O`zbekiston Respublikasi ta`lim muassasalarida mobil telefonlardan foydalanish tartibi to`g`risidagi nizomga aosan o`quv mashg`ulotlari va tadbirlar boshlanishidan oldin ta`lim oluvchilar telefonini o`chirib qo`yishi hamda sumkasiga solib qo`yishi shart. Ta`lim oluvchilarga quyidagilar qat`iyan taqiqlanadi: - telefonini bo`yniga osib olish, ko`krak cho`ntaklarida, shim, yubkalari cho`ntaklarida va shu kabilarda saqlash; - telefon akkumulyatorini zaryadlash uchun ta`lim muassasasi elektr tarmoqlariga ulash; - telefoni yordamida: - atrofdagilarga zo`ravonlik, shafqatsizlik, pornografiyani targ`ib qiluvchi video va suratlarni namoyish qilish; - ta`lim muassasasining nufuziga, shu jumladan, zo`ravonlik va vandalizm holatlarini suratga olish va keyinchalik ularni atrofdagilarga namoyish etish yo`li bilan zarar etkazish; O`quv mashg`ulotlari vaqtida: - telefon orqali so`zlashish hamda SMS (MMS) va boshqa turdagi xabarlarni jo`natish; - telefonni stol ustiga qo`yish; - musiqa tinglash; - surat va video tasvirlarni ko`rsatishda telefondan foydalanish, tasvir ko`rish, diktofon, kalkulyator, kalendar, bloknot, yon daftarcha kabilar sifatida foydalanish; - suratga olish va video tasvirga tushirish; Telefon orqali boshqa xizmatlardan foydalanish. Ta`lim muassasasida ta`lim oluvchilarga mashg`ulotlar va tadbirlar oralig`ida faqat asosli va kechiktirib bo`lmaydigan zarur holatlarda ota-onasi (ularning o`rnini bosuvchilar), yaqin qarindoshlari, ta`lim muassasalarining rahbarlari yoki xodimlari bilan zudlik bilan bog`lanish maqsadida telefonlardan foydalanishga ruxsat etiladi. Ushbu talablar buzilgan taqdirda ta`lim muassasasining har qanday pedagog xodimi ta`lim oluvchidan telefonni olib qo`yish, bildirishnoma rasmiylashtirish va uni telefon bilan birga ta`lim muassasasining direktoriga yoki direktor o`rinbosariga, keyinchalik uni ota-onalarga berish huquqiga ega. Manba: Darakchi.uz | |
|
Всего комментариев: 0 | |
| |