15:41 O`lik ayol tobutda qiz farzand ko`rdi | |
Toronto shahri aholisi g`aroyib voqeadan hayratga tushdi, avtohalokat tufayli olamdan o`tgan ayol tobutda farzand ko`rdi, deb xabar berdi Tengrinews.kz nashri. Nashrning xabar berishicha, ayolning etti oylik homilasi bo`lgan. U shaxsiy avtomobilini boshqarib, kasalxonaga ketayotganda boshqaruvni yo`qotib, yo`l-transport hodisasiga duchor bo`ldi. U inson hayoti uchun xavfli bo`lgan – bosh-miya va ko`krak qafasi jarohatini oldi. Shifokorlar ayol va homilaning vafot etganini qayd etishdi. Ayolning jasadi kasalxona o`likxonasidagi muzlatkichda 17 soat, uyida esa 6 soat saqlandi. Uni dafn etishayotganda tobut ichidan chaqaloqning yig`isi eshitildi. Dafn byurosi xodimlari qabrga tushirilgan tobutni tepaga ko`tarib, ochib ko`rishganda ularning ko`zi tirik chaqaloqqa tushdi, u qiz bola edi. Shifokorlar homilaning qanday qilib kislorodsiz tirik qolganiga izoh berolmadi. Hozirda qizaloq maxsus inkubatorda saqlanmoqda. Manba: Darakchi.uz
| |
|
Всего комментариев: 0 | |