11:00
O`GAY OTA URGAN QIZChA VAFOT ETDI
Toshkent shahar Ichki ishlar Bosh boshqarmasi xodimlari tomonidan 1989 yilda tug`ilgan Nuriddin Irismetov qo`lga olindi, deb xabar berdi Toshkent IIBB matbuot xizmati.

U 2017 yilning 9 oktyabr kuni Toshkent viloyati, O`rtachirchiq tumanida joylashgan vaqtincha istiqomat qilib kelayotgan xonadonda shar`iy turmush o`rtog`ining voyaga etmagan qizini urib, unga og`ir tan jarohati etkazgan. Bu haqda “Sof.uz” yozmoqda.

Natijada qiz “bosh miya yopiq jarohati, bosh miya lat eyishi, bosh miyaga qon quyilishi” tashxisi bilan Respublika neyroxirurgiya ilmiy markaziga olib borilgan. Biroq ko`rsatilgan tibbiy yordamlarga qaramay qiz shifoxonada vafot etgan.

Hozirda to`plangan hujjatlar, mazkur holat bo`yicha O`zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 104-moddasi 3-qismi “d” bandi bilan qo`zg`atilgan jinoyat ishi hujjatlariga qo`shib ko`rib chiqish uchun Toshkent viloyati IIB huzuridagi Tergov bo`limiga yuborilgan.
Категория: Qiziqarli dunyo yangiliklari / xorij xabarlari | Просмотров: 1115 | Добавил: G‘anisher | Теги: OGAY OTA URGAN QIZChA VAFOT ETDI | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar