13:03 O'ziga ishongan odamning 6 ta ajoyib odati | |
1. “Och qornim, tinch qulog`im” qabilida ish ko`rmang Kishining ishonchini orttiradigan eng zo`r vosita – harakat qilishdir. Bu harakat turli qaltis qarorlardan, tavakkallardan iborat bo`lishi mumkin. Biroq undan qo`rqsangiz, chegaralarni buzishingiz amri mahol. 2. Mag`lubiyatlardan ko`nglingiz cho`kmasin Omadsizliklarni azobu uqubatga tenglashtirmang, o`zingizni tahlil qilish, kamchiliklaringizni ko`rish imkoni deb qabul qiling. Kishi vaziyatga munosabatini o`zgartirar ekan, u, albatta, ruhan o`sadi. 3. Nutqingizni nazorat qiling O`ziga ishonchi baland kishilar o`zlari haqlarida yomon so`z aytmaydilar, hatto, kamtarlik yuzasidan ham. 4. O`zingizni ayblamang Aybdorlik hissidan xalos bo`lish uchun xar bir qilgan xatongiz uchun 3 tadan yaxshi ishlaringizni eslang. Bu o`zingiz haqingizdagi yomon fikrlarni haydashga yordam beradi. 5. Hayotdan ilhom izlang O`ziga ishongan kishilar kitob o`qishadi, o`zlari egallashni istagan sohadaning etakchi vakillari bilan suhbatlashib, ularning tajribalarini o`rganadilar. Ojiz tomonlarini boshqalar bilishidan uyalishmaydi. Siz ham ular qatoridamisiz? 6. Viqor bilan harakatlaning Oddiygina misol, bir necha daqiqa elkalarni tik tutib o`tirishning o`ziyoq kishiga qancha ishonch bag`ishlaydi. Boshni baland ko`tarib yurishni esa gapirmasa ham bo`ladi. Shuningdek, kishilar bilan suhbatlasha turib, ularning so`zlarini tasdiqlagandek boshingizni sarak-sarak qilib turing. Bu signal atrofdagilarni fikringizga qo`shilishga undaydi. | |
|
Всего комментариев: 0 | |