10:25 O'zbekistonda havo keskin sovib ketishi kutilmoqda | |
14 martdan butun O'zbekiston bo'ylab havo harorati keskin pasayib ketadi. Ba'zi joylarda havo 7 darajagacha sovib ketadi. Bu haqda UzNews xabar bermoqda. Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlari Havo o'zgarib turadi, 13 martda ba'zi joylarda yomg'ir yog'adi, 14—16 martda yog'ingarchilik kutilmaydi. G'arbiy shamol yo'nalishini o'zgartirib, sharqdan 7—12 m/s tezlikda esadi, ba'zi joylarda 17—22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 13 martda kechasi 3—8o iliq, kunduzi 10—15o iliq, 15—16 martda kechasi 1—3o sovuq, kunduzi 7—12o iliq bo'ladi. Qoraqalpog'iston va Xorazm viloyati Havo o'zgarib turadi, 13 mart kuni ba'zi joylarda biroz yomg'ir yog'adi, 14—16 mart kunlari yog'ingarchilik kutilmaydi. Ba'zi joylarga tuman tushishi mumkin. G'arbiy shamol yo'nalishini o'zgartirib, sharqdan 7—12 m/s tezlikda esadi, 13 martda ba'zi joylarda 17—22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 13 martda kechasi 0—5o sovuq, kunduzi 0—5o iliq, 14—16 martda kechasi 2—7o sovuq, kunduzi 2—7o iliq bo'ladi. Buxoro va Navoiy viloyatlari Havo o'zgarib turadi, 13 mart kuni ba'zi joylarda biroz yomg'ir yog'adi, 14—16 mart kunlari yog'ingarchilik kutilmaydi. Ba'zi joylarga tuman tushishi mumkin. G'arbiy shamol yo'nalishini o'zgartirib, sharqdan 7—12 m/s tezlik-da esadi, 13 martda ba'zi joylarda 17—22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 13 martda 3—8o iliq, 14—16 martda 0—5o iliq, kunduzi 10-15o iliq; Navoiy viloyatining shimolida 13 martda kechasi 0—5o sovuq, kunduzi 0—5o iliq, 14—16 martda kechasi 2—7o sovuq, kunduzi 2—7o iliq bo'ladi. Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari Havo o'zgarib turadi, 13 martda ba'zi joylarda yomg'ir yog'adi, 14—16 martda yog'ingarchilik kutilmaydi. G'arbiy shamol yo'nalishini o'zgartirib, sharqdan 7—12 m/s tezlikda esadi, 13 martda ba'zi joylarda 17—22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 13 martda 7—12o iliq bo'ladi, 14—16 martda 0—5o iliqgacha pasayadi, 15—16 martda 1—3o sovuq, kunduzi 10—15 daraja iliq bo'ladi. Andijon, Namangan, Farg'ona viloyatlari Havo o'zgarib turadi, 13—14 martda ba'zi joylarda yomg'ir yog'adi. 15—16 martda yog'ingarchilik kutilmaydi. Ba'zi joylarga tuman tushishi mumkin. G'arbiy shamol yo'nalishini o'zgartirib, sharqdan 7—12 m/s tezlikda esadi. Harorat 13—14 martda kechasi 4—9o iliq, kunduzi 10—15o iliq, 15—16 martda kechasi 0—5o iliq, kunduzi 5—105o iliq bo'ladi. Respublikaning tog'li hududlari Havo o'zgarib turadi, 13—14 martda vaqti-vaqti bilan yog'ingarchilik (yomg'ir, qor) bo'ladi. 15—16 martda yog'ingarchilik kuzatilmaydi. Ba'zi joylarga tuman tushishi mumkin. G'arbiy shamol yo'nalishini o'zgartirib, sharqdan 7—12 m/s tezlikda esadi, ba'zi joylarda 17—22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 13 mart kuni kechasi 2o sovuq—3o iliq, 14—16 mart kunlari kechasi 1—6o sovuq, kunduzi 2o sovuq—3o iliq bo'ladi. Manba: Hordiq.uz | |
|
Всего комментариев: 0 | |
| |