12:12
Navro'z sayllarida 200 mingga yaqin kishi qatnashdi
2017 yilning 17 dan 23 mart kuniga qadar Toshkent shahar Ichki ishlar Bosh boshqarmasi sohaviy xizmatlari tomonidan amalga oshirilgan ishlarga bag`ishlangan navbatdagi “payshanbalik” bo`lib o`tdi.

Brifingda 20-21 mart kunlari respublikamiz bo`ylab o`tkazilgan “Navro`z” umumxalq bayramida 200 mingga yaqin kishi qatnashgani haqida ma`lumot berildi.

Toshkentning 23 ta bog` va hiyobonlarida tashkil etilgan “Navro`z” bayramini tinch va osoyishta o`tkazish maqsadida Bosh boshqarma va quyi tizim barcha shaxsiy tarkibi, kuch-vositalari safarbar etildi.

Ana shunday chora-tadbirlar samarasi o`laroq bayram tadbirlari ko`tarinki kayfiyatda, hech bir talofatsiz o`tdi.
Manba: Darakchi.uz
Категория: Qiziqarli Yurtimiz yangiliklari / yurtimiz xabarlari | Просмотров: 780 | Добавил: Admin | Теги: Navro'z sayllarida 200 mingga yaqin | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar