23:14
NASA Yupiterdagi “marvarid ipi” suratini taqdim etdi
NASA Yupiterdagi girdoblardan iborat yorug‘ va qorong‘u yo‘llarni payqash mumkin bo‘lgan suratni taqdim etdi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.

Suratning yuqori qismida joylashgan uchta yorug‘ tuxumsimon girdob “marvarid ipi” nomi bilan ma’lum.

Girdoblarning har biri Yerdan katta va soatiga yuzlab kilometr tezlikda aylanadi. Yorug‘roq mintaqalar gaz yuqoriga ko‘tarilayotgan, qorong‘ulari esa tushayotgan hududlarni anglatadi.

Surat “Yunona” avtomatik sayyoralararo stansiyasi tomonidan Yupiter yuzasidan 33,4 ming kilometr uzoqlikda olingan. Qurilma New Frontiers dasturining bir qismi bo‘lib, 2011-yil 5-avgustda Kanaveral burnidan uchirilgan.
Manba: Daryo.uz
Категория: Qiziqarli dunyo yangiliklari / xorij xabarlari | Просмотров: 787 | Добавил: Admin | Теги: NASA Yupiterdagi “marvarid ipi” sur | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar