17:55 NARGIZA SALMONOVA & SEVARA SOLIEVA: "TATUAJ YoKI RASTUShOVKA AKTRISALAR UChUN FALOKAT!" | |
Nargiza SALMONOVA va Sevara SOLIEVA! Ikkisining xarakteri, dunyoqarashi va ijod borasidagi fikrlari turlicha. Ammo do`stliklari chin! Qaltis savollar bilan nishonga olinganliklariga qaramay, sinovdan yaxshi o`tishdi. Ha-ya, bu ikki ijodkorda boshqa hamkasblarida kamayib borayotgan fazilat ham bor. Nima ekan deysizmi? Buni "So`g`diyona" gazetasida chop etilgan suhbatni o`qib, bilib olasiz. —Adashmasam ikkingiz kursdoshsiz, to`g`rimi? —Demak, do`stligingiz shundan so`ng boshlangan?.. —Bir-biringizga «siz» deya muomala qilishingizni kuzatib, hayron bo`layapman. Odatda, dugonalar «sen» deyishardi?.. —«Erkin ijod qilishimizga qo`yib berishgandi», deyishingizga qaraganda, darslardan ham qochib turgan bo`lsangiz kerak-a? —O`qish-chi? S`yomka maydoni amaliyot uchun muhim bo`lsa-da, nazariy jihatdan ham bilim bo`lish kerak-ku? —Hoynaxoy ikkingizning ham oshiqlaringiz serob bo`lgandir-a? Kimga ko`proq sevgi izhor qilishardi? —Xo`sh, Nargiza-chi birortasiga ro`yxushlik berganmi? —Sevara, dugonangizning birinchi rolini eslolasizmi? —Nargizaning shu kungacha ijro etgan rollari orasida eng esda qolarlisi qaysi sizningcha? —«O, Maryam, Maryam»dagi qahramoni-chi? Ayrimlar shu filmdan keyin Nargizani yoqtirmay qolishgan?.. —Nargiza, dugonangizning xokisor kelinlar yoki komedik obrazlarga o`ralashib qolganiga nima deysiz? —«O`zimni boshqa obrazlarda ham sinab ko`rmoqchiman», deb aytsa bo`lmaydimi rejissyorlarga? —Mashhurlik ikkingizning karerangizda naqadar ahamiyatli? —Ba`zilar Nargizani juda kibrli deb o`ylashadi, «o`zicha yulduz» deganlarni ham eshitgandim. Dugonangizning asl qiyofasini fosh etasizmi, Sevara? —Qizlar, agar shunday imkoniyat berilsa, qaysi aktyor yo aktrisadan saboq olgan bo`lardingiz? —Hamkorlik qilishni istagan rejissyoringiz kim? —Tabiiy go`zallik haqida so`z ochdingiz. Ahamiyat bersam, ikkingizning ham qoshlaringiz tatuaj qilinmagan. Nechuk ayrim hamkasblaringizdan ortda qoldingiz? —Surishtiruvga juda qattiq kirishibsiz-a Sevara? —Keling, suhbat mavzusini o`zgartirsak. Tug`ruq ta`tili ham tugay deb qoldi-a, Sevara, teatrga qaytish niyatingiz bormi? —Teatr sahnasining zavqi bo`lakcha, to`g`rimi, Nargiza? —Sog`inibsiz-a, teatrni? —«Artist» sitkomi uchun etti kilogrammga to`lishgandingiz. Avvalgi vazningizga qaytishingiz qiyin bo`lmadimi, Nargiza? —Qizlar, tasavvur qiling, biror taniqli shaxs, masalan, Shekspirni uchratib qolganingizda, unga qanday savol bergan bo`lardingiz? —Ajabmas, bu suhbatdan keyin jahon kino ijodkorlarining nazariga tushib, Shekspir vataniga yo`l olsangiz. Ikkingizning ham ijodingizga omad tilaymiz! Nargiza Salmonova: – Asli, drama va kino fakultetiga o`qishga kirgandim. Birinchi bosqichdan so`ng Sevaraning fakultetiga o`tganman. Institut hovlisida Sevarani uchratib qolib, unga «Ikkinchi bosqichda sizlar bilan birga o`qiyman», deganimda, u bolalarcha zavq bilan «Zo`r-ku!» deb xursand bo`lgani hech esimdan chiqmaydi. Uning samimiyligini ko`rib, ko`nglim joyiga tushgan. Chunki o`zgarishlardan salgina xavotirda edim-da. Sevara Solieva: – Guruhimizga kelgan birinchi kuningizni eslaysizmi? Jiddiy qiyofada kirib kelib, bir chekkaga o`tirgansiz. Biz esa hayronmiz, nega bu o`zini bunday tutayapti deb. Keyin bilsak, drama va kino fakultetidagi qat`iy tartib-intizom bu erda ham mavjud bo`lsa kerak, deb o`ylagan ekan. Nargiza: – Drama va kino fakultetida xarbiycha intizom edi. O`qituvchimiz kelguniga qadar barchamiz joy-joyimizga o`tirib, ortiqcha gap-so`z yoki biror xatti-harakatga chalg`imasdik. Sevara: – Ehtimol, bizniki estrada va aktyorlik fakulteti bo`lganigami yoki o`qituvchimiz ijodkorga erkinlik berish kerak, deb yondashgani uchunmi, o`zimizni bamaylixotir tutardik. Nargiza: – Ma`mur, Sevaraning turmush o`rtog`i, nuqul menga hazil qilardi «Sobiq drama», deb. Juda ajoyib damlar bo`lgan. Sevara: – Sizning fakultetingizdagi yigitlar ham o`ta jiddiy edi-da, biznikilar bo`lsa sho`x, hazilkashligi bilan ajralib turardi. Avvaliga tortinchoqlik qilgan bo`lsa ham, Nargizani o`zimizga moslashtirib olganmiz (kulgu ko`tarildi). Nargiza: – O`qishga qabul qilinganimiz ma`lum bo`lgach, boshqa talabalar qatori Mustaqillikning 17 yilligiga bag`ishlangan bayramda qatnashganmiz. Sevara bilan o`shanda tanishgandik. «Juda ajoyib qiz ekan, afsus fakultetlarimiz boshqa-boshqa ekan», degandim. Oradan bir yil o`tib, kursdosh bo`ldik. Sevara: – Nargiza parodiyani boplaydi. Talabalik paytlarimiz o`qituvchilarimizga taqlid qilib, rosa hangoma qilardik. Nargiza: – Institutni tamomlaganimizga uch yil bo`ldi. Talabalik yillarini ham qo`shganda, olti yildan beri dugonamiz. Shu paytgacha biror marta arazlashib yoki kelishmay qolganimizni eslolmayman. Nargiza: – Boshidan bir-birimizga «siz» deya muomala qilganimizgami, endi «sen» deyish o`zimizga ham g`alati eshitiladi. Bir safar, balki, «sen», deya so`zlashib ko`rarmiz, degandik. Ammo ikkimizga ham erish tuyuldi. Sevara: – «Sen» deb gapirish noqulay-da, balki o`rganib qolganimizga shundaymi? Nargiza: – Haligi... (kulgi ko`tarildi) Sevara: – Mayli, tan ola qolaylik, darsdan qochgan paytlarimiz ham bo`lgan. Lekin shunga yarasha barcha vazifalarni bajarardik. Nargiza: – Sevara shartnoma asosida o`qirdi, men byudjetda. Unga qaraganda mening vaziyatim qaltisroq edi. Chunki o`ttiz soat dars qoldirsam, talabalar safidan chiqarilardim. Bir kuni o`ttiz soat dars qoldirganim ma`lum bo`lib, o`qishdan haydalishim aytildi. O`shanda auditoriyada o`tirgandik. Sevara hammaning oldida «O`qishdan haydamanglar» deb chunonam iltimos qilgan, rosti, ich-ichimdan titrab ketganman. Sevara: — O`shanda siz bilan Baxtiyor ismli kursdoshimizni talabalar safidan chiqarishmoqchi bo`lishgandi-a? Nargiza s`yomkalar bilan band bo`lib qolib, darsga kelolmagandi, «Rektorga o`zimiz tushuntiramiz», deb barcha kursdoshlar to`g`ri rektorning xonasiga bostirib borganmiz. Yalinib-yolvorib, oxiri kursdoshlarimizni olib qolgandik. Nargiza: – Sevara boshchiligida uyushtirilgan kursdoshlarimizning kichik «qo`zg`aloni» tufayli o`qishdan chetlatishmagan. Tushuntirish xati yozib, ortiq dars qoldirmaslikka va`da bergandik. Sevara: – S`yomkaga chiqmasak ham bo`lmasdi-da o`shanda. Qolaversa, talabalar uchun suratga olish maydoni chinakam tajriba maktabi edi. Sevara: – Suratga olish ishlarini erta boshlab yuborganimizga qaramay, imtihonga yaqin guruh rahbarimiz barchamizni yig`ardi-da, qat`iy jadvalni belgilab qo`yardi. Shunga muvofiq spektaklga astoydil tayyorlanardik. Nargiza: – Biror-bir filmga chaqirishsa, avval dekanatdan ruxsat olardik. Qoldirilgan dars soatlarini o`zlashtirishga va`da berib, keyin s`yomkaga ketardik. Agar guruh raxbarimiz bizni qo`llab-quvvatlamaganida, tushunmaganida ikkimiz ham allaqachon o`qishdan haydalgan bo`lardik. Sevara: – Nargizani hamma yaxshi ko`rardi (kulgu ko`tarildi). Nargiza: – Sizning ham sirli oshiqlaringiz bor edi-ku. Sevara: – Turmush o`rtog`im bilan ikkinchi bosqichda bir-birimizga ko`ngil qo`yganmiz. Munosabatlarimizni hamma bilgani uchun boshqa yigitlarga imkon ham qolmagandi. Nargizani esa... Nargiza: – Uyaltirmang, Sevar... Sevara: – Rost-da, bizni bosqichga o`tganingizning ilk kunlaridanoq yigitlar surishtiruvni boshlab yuborishgan. Sevara: – Yo`q, dugonam ularga chalg`imasdi. O`zingiz ayting, Nargiz. Nargiza: – Birortasini tanlang, deyishardi, ammo bor diqqat-e`tiborim o`qish, karera qilishga qaratilgani bois e`tibor bermasdim. Hozir ham gapirishadi, «Siz tengilarning ikkitadan farzandi bor», deb. Men esa hamma narsaning o`z vaqti-soati borligiga ishonaman. Sevara: – Turmush qurish jiddiy masala. Bu borada ikkilanishning bo`lishi ham tabiiy hol. O`zimda ham shunday bo`lgan. Sevara: – «Dunyo» filmida ishtirok etgan. Keyin «Taqdirlar», «Sadoqat» kartinalarida o`ynadi. Nargiza: – Esingizdan chiqibdi-a, «Uchar qiz»da ikkimiz birga rol ijro qilgandik-ku, opa-singil bo`lib. Bu mening ilk debyut ishim edi. Sevara: – Ha-a-a, yodimga tushdi. Pardoz ustasi grim qilib qo`yganiga qaramay, yashirinib bo`yanib olganmiz. Chiroyli ko`rinishni xohlagandik-da. Farhod Abdullaev bizning otamizni ijro etgan. Qizining arazlab kelaverishini qo`shnilar ajrashibdiga chiqarishganidan achchiqlangan ota «Uyingga ket», deb o`shqiradigan sahna bor edi. O`sha kadrni suratga olayotganda rosa kulganmiz. Nargiza: – Asli, o`sha sahnada yig`lashim kerak edi. Lekin, negadir, kulgim kelib, o`zimni to`xtata olmagandim. S`yomkadan chiqib, darsga kelganimiz-chi. Institut oshxonasiga xuddi Bollivud kinoyulduzlariga o`xshab kirib kelganmiz. «Nega birinchi darsga kelmadinglar» deb so`raganlarga o`zimizcha «S`yomkada edik» deganlarimiz hamon yodimda (kulgu ko`tarildi). Sevara: – Shaxsan menga «Taqdirlar»dagi ijrosi yoqadi. Sevara: – Maromiga etkazib ijro etgani uchun ham roli ishonarli chiqqan. Balki shuning uchun ham tomoshabinlarda salbiy fikr paydo bo`lgandir. Ammo bu aktrisa uchun tanqid emas, balki e`tirofdir. Nargiza: – Fikringizda qisman bo`lsa-da jon bor. Ammo bu faqat Sevaraga bog`liq holat emas. Agar imkoniyat berilsa, u har qanday rolni ijro etoladi. Biroq rejissyorlar aktrisalarni shunday taqsimlab qo`yishganki, kelin obrazini gavdalantirdimi, keyingi filmlarda ham faqat shu ko`rinishda nomoyon bo`laveradi. Nargiza: – Ssenariy berilganida «Tanishib chiqib, fikringizni ayting», deyishadi. Agar qahramoningiz borasida biror xulosangiz bo`lsa, bildirishingiz mumkin. O`zimdan qiyos, bir filmga taklif qilishganida, menga berilgan rolni emas, balki asardagi boshqa qahramonni ijro etishni so`raganman. To`g`ri qabul qilishgan. Sevara: – Yaxshigina ahamiyatli-da! Nargiza: – Bu masalada meni fikrim bo`lakroq. Mashhur bo`lish oson, ammo sevimli bo`lish qiyin. Bugungi imkoniyatlardan kelib chiqib, ayniqsa, internetni aytsak, bir kunda ham tanila olasan. Men uchun ijro qilinayotgan rollarning sifati va tomoshabinlar uchun sevimli bo`lish muhim. Sevara: – Qaysidir ma`noda xaqdirsiz, ammo hozirga kelib, tanilish qiyinroq bo`lib qoldi. Tasavvur qiling, agar o`zimiz istagandek rolni kutib, takliflarni rad etaversak, bizni unutib qo`yishlari ham hech gap emas. Biz Dilnoza Kubaeva darajasiga etganimiz yo`q hali. U rollarni chertib-chertib tanlasa ham, hamisha sog`inib qarshi olinadi. Sevara: – Ko`rinishidan jiddiy tuyulsa-da, aslida muloyim va samimiy inson. Agar u o`zini shunday tutmasa, atrofidagilar turlicha muomala qilishlari mumkin. Nargiza: – Maylimi, o`zim haqimda gapirsam? (kuladi). Ehtimol kimdadir «kiborli qiz» degan taassurot qoldirgandirman. Lekin asli unday emasman. Notanish odamlar bilan jiddiy muomala qilishim mumkin, dugonalarim bilan esa rasmiyatchilikni yig`ishtirib suhbatlashaman. Sevara: – Aktrisa uchun ommaning e`tiborida jiddiy ko`rinish ham tuzuk. Misol uchun, men ham vaziyatga qarab shunaqa jiddiylashaman, ko`rib tanimaysiz. Sevara: – Saida Rametovadan saboq olishni istardim. Berilgan rolga osonlik bilan kirisha oladi. Men bu borada salgina qiynalaman. «Motor» deyilishi hamon bir necha soniya o`zimni anglolmay, so`ng rolga kirisha boshlayman. Dilnoza Kubaeva, Ra`no Shodieva, Gulchehra Eshonqulovalardan ham aktyorlik mahoratini o`rgangan bo`lardim. Yaqinda Ra`no Shodieva bilan bir loyihada ishtirok etdik. Ra`no opa san`atdan tashqari imkoniyati cheklangan bolalar bilan ham ishlaydi. Suhbatlashganimizda «Ssenariyni o`qidingmi, shunchaki tanishma, balki asar borasida savollar tuzib chiq. Men shunday qilaman, kamida o`ttizta savolni taxt qilib, rejissyorga yuzlanaman», dedi. Bu aktrisaning tabiiy go`zalligiga ham tan berdim. Nargiza: – Talabalik yillarimizdanoq Yolqin To`ychiev bilan ishlashni orzu qilardik. Buni qarangki, ikkimizning ham debyut ishimiz aynan shu rejissyor bilan hamkorlikda amalga oshgan. Sevara: – Aynan meni qiynayotgan mavzudan so`z ochdingiz. Nargiza: – E`tibor bergan bo`lsangiz, qoshini tatuaj yoki «rastushovka» qildirgan qizlarning tashqi ko`rinishi bir-biriga o`xshab ketadi. Sabab? Chunki aksariyati bitta mutaxassis xizmatidan foydalanadi. Bu holatning aktrisalarda kuzatilishi esa falokat, nazarimda. Chunki har bir san`atkorning o`z «fishka»si bo`ladi. Masalan, kimdir tabassumi, kimlardir ko`z qarashi, qoshlari, yonoqlari bilan ajralib turadi. Sevara: – Gollivud filmlarini kuzatsangiz, dunyoga mashhur aktrisalar ham pardoz-andozsiz rol ijro etishadi. Gapimdan xafa bo`lishmasin-u, bizda esa chiroy birinchi o`ringa chiqib qolgan. Kelishganmisiz, ekran sizniki! Shularni ko`rib, ba`zan o`ylanib qolaman, balki biz ham «rastushovka»lardan foydalanishimiz kerakmikan deb. Nargiza: – Yo`g`ey, qo`ying, bizga sun`iy go`zallik kerakmas. To`g`ri, kosmetologiya sohasida rivojlanish bo`layotgani yaxshi, albatta. Ammo hamkasblarimizning yuz jarrohlik platiskasiga murojaat qilishlarini yoqlamayman. Bir tasavvur qiling-a, yuz, yonoq, qosh-ko`z torttirilganida so`ng mimika bilan ishlab bo`ladimi? Qoshini chimira olmaydi, yig`lasa, yuzi qotib turaveradi, qarabsizki, hissiyotlarning soxtaligi fosh bo`ladi. Sevara: – Qanchadan-qancha jahon yulduzlarining ijrosini kuzatdim. Ertalab pardoz bilan uyg`onmaydi ba`zilarga o`xshab. Sevara: – «Nega qoshingizni termaysiz» deguvchilar ko`payib ketganidan qiziqdim-da, balki men zamondan orqada qolib ketdimikan, deb. Nargiza: – Chizilgan qosh-ko`zni grimm qilish qiyin. Vaholanki, aktrisa oq qog`ozdek top-toza bo`lishi kerak. Balki, obrazdan kelib chiqib, ko`zlarni kichraytirishga to`g`ri kelar. Ammo ko`z chizilgan, qoshlar ektirilgan bo`lsa, kutilgan natijani chiqarib bo`ladimi? Sevara: – O`g`lim endi bir yosh bo`ldi. Hali tug`ruq ta`tilidaman. Ish masalasiga kelsak, ayrim sabablarga ko`ra O`zbek Davlat drama teatridan ketmoqchiman. «Yosh tomoshabinlar» teatrida o`zimni sinab ko`rish niyatim bor. Nargiza ham teatrda ishlayapti. Nargiza: – O`zbekkino milliy agentligi qoshida tashkil etilgan teatrda, rejissyor Sayfiddin Meliev qo`l ostida ishlayapman. Yaqinda «To`maris» spektaklini namoyish etamiz. Men To`marisning o`g`li Sparganisning sevgilisini ijro qilayapman. Sevara: – Meni Nargizaga dublyor sifatida chaqirishgandi, ammo farzandim kichik bo`lgani uchun borolmadim. Nargiza: – Salbiy rol bu, Sevara, xabaringiz bormi? Sevara: – Rostanmi, xabarim yo`q edi. Nargiza: – Qahramonim otasining so`ziga kirib, boylik uchun xatoga qo`l qo`ygan qiz. Nargiza: – Nimasini aytasiz. Oylar mobaynida repetisiya qilinadi va premera kuni bor mahoratingiz bilan ijrongizni ko`rsatasiz. Bu hissiyotni so`z bilan ta`riflash mushkul. Nasib qilsa, men ham «Yosh tomoshabinlar» teatrida ishlamoqchiman. Sevara: – Tomoshabinlarning olqishi, e`tirofini eshitganingizda esa ortda qolgan barcha mashaqqatlar unut bo`ladi. Sevara: – Qisqa fursat ishlaganimga qaramay, bu dargohga mehrim tushdi. Sog`indim! Nargiza: – Avvalo bu kabi rolim bo`lmagandi ilgari, shunga ham semirishga rozi bo`ldim. Qahramonim to`laligi sabab o`zini boshqalardan olib qochardi. Ishonasizmi, garchi bu rol bo`lsa ham o`zimda shu holatni his qila oldim. S`yomka ishlarim tugagach, to`g`ri ovqatlanishni boshladim, non, shirinliklar, tort, pirojniy, gazlangan ichimliklardan voz kechdim. Ko`proq yashil olma edim. Sport zaliga qatnay boshladim. Shu tariqa asta-sekin avvalgi vaznimga qaytdim. Ba`zan dugonalar bilan ko`rishib qolsak, «Bir safar shirinlik esang, hech nima qilmaydi», deyishardi. Shunda «Arist»dagi qahramonim xayolimda jonlanardi-yu, uni qanday qilib ranjitishganini eslab, rad qilardim. Sevara: – Shekspir?! Menimcha, ancha vaqtgacha o`zimga kelolmay tursam kerak. Bu yozuvchining asarlarini ko`p o`qiganman. Savol berish tugul o`zi bilan so`rasha olsam koshkiydi. Nargiza: – Shunaqa asar yozingki, rejissyorlar bosh rolda mendan boshqa aktrisani tasavvur qila olishmasin, derdim. Qalay?(kuladi) Dildora YuSUFBEKOVA suhbatlashdi Manba: Darakchi.uz | |
|
Всего комментариев: 0 | |