21:22
Mushuklar haqida siz bilmagan faktlar
Mushuk xayoti davomida 100 dan ortiq bola tug’ishi mumkin.

Qadimgi Misrning fir’avnlar davrida Ra xudosining qizi Bastet mushuk qiyofasida tasvirlangan.

Mushuklar hech qachon bir-biriga miyovlashmaydi. Ular odamzodni ko’rgandagina aynan shunday ovoz chiqarishadi.

Bir juft mushukning avlodi 7 yilda 420.000 ta mushukni dunyoga keltirishi mumkin.

Misrda mushuklar ma’bud darajasidagina qadrlanmasdan, balki sichqon, ilonlarga qiron keltirib, ovdagi o’ljalarni yig’ishda xam o’rgatilgani bois e’zozlangan.

Mushuklarning faqat «qo’llarining yostiqchasigina terlaydi», xolos.

Mushuklar 100 ga yaqin har-xil ovozlar chiqarishi mumkin. It-larda esa 10 xil.

Yuqoridan yiqilayotgan mushuklarning holati doimo bir xil bo’ladi: dastlabida boshini tug’rilab oladi, keyin belini, oyogini va nixoyat belini bukib yerga «qo’nadi».

Agar mushuk mebelni qirtishlasa, shu joyga limon yoki apelsin ifori bor moddalarni surtib qo’ying Mushuklar bunday hidlardan jirkanadi.

Jirafa, tuya va mushuk qadam tashlashni chap oyoqdan boshlaydigan yagona hayvonlar hisoblanadi.

Mushuk quloqlari 180 gradusga buriladi. Xar bir qulog’ida 32 ta mushaklar bo’lib, ulardan 12 tasi quloqlarini boshqaradi.

Inson yoshi bo’yicha mushuklar necha yoshda bo’lishini bilasizmi? Agar mushugingiz

3 yoshda bo’lsa, inson yoshi bilan 21 da bo’ladi. Agar 8 yoshda bo’lsa 40, 14 da bo’lsa 70 yashar bo’ladi.

Uy mushugining o’rtacha umri 15 yil. Bu davr yovvoyi mushuklarda 3-5 yilgacha to’gri keladi.

Lion universitetining ma’lumotlariga ko’ra dunyoda 400 millionga yaqin uy mushuklari bor. Avstraliya bu borada birinchi o’rinda: 10 ta kishiga 9 ta mushuk to’g’ri keladi. Osiyoda Indoneziya yetakchilik qiladi: 30 millionga yaqin pahmoq hayvonlar insonlar bilan birga yashaydilar. Evropada Franstiya mushuklarga «o’ch». Lekin shunday davlatlar borki, ularda mushuklarni umuman uchratmaysiz: Gabon va Peru ana shunday yurt hisoblanadi.

Amerikaliklar har yili mushuklarning yemishi uchun to’rt milliard dollar sarflashadi. Bu emizikli bolalarga sarflanayotgan mablag’dan 1 milliard ziyod demakdir.

Agar mushuk oldingizda turib dumini kaltiratib likillatsa, u sizni juda yoqtirishidan alomatdir. Agar dumini pastga tushira boshlasa, kayfiyati o’zgarganini bildiradi.

Mushuklar insonlar ko’rishi mumkin bo’lmagan 1-6 yorug’likda ham ko’ra oladi. Ayniqsa qorong’ida ularning ko’rish qobiliyati tahsinga loyiq.

Mushuklar itlarga qaraganda yaqin oradagi predmetlarni unchalik anglay olmaydilar. Ular 75 sm.dan 2-6 metrdagi narsalarni aniq ko’radilar.

Mushuklarning his qilishi va ovozining balandligi insonlarga qaraganda 3 baravar ortiq. Agar biz xonada baland ovozda qo’shiq yoki kuy yoxud televizorning ovozini baland qilib olgan bo’lsak, ular boshqa xonaga chiqib ketadilar.

Mushuk hidlarni insonlarga nisbatan 14 baravar ko’proq his etadilar.

Mushukning xar ikki yonog’ida o’rtacha 12 tadan xarakatchan mo’ylovlar bo’ladi. Mo’ylovlarning boshlanishida ko’pgina nerv tolalarining oxiri joylashgan, shuning uchun u barcha voqealarni atrofidagi narsalar, shamol, iqlim va boshqa o’zgarishlarni oldindan bilib oladi.

Mushuklar insonlar bilan 10 ming yildan beri yonmayon yashab keladilar.

Dunyodagi eng mitti mushuk -Janob Piblz Pekinda yashaydi. Uning ogirligi 1 kg 300 g.

Smouki laqabli mushuk Angliyaning «Moviy xoch>> mukofotini olgan. U xonadonda yong’in chiqqanda, xo’jayinini uyg’otib, jonini asrab qolgan.
Категория: Qiziqarli dunyo yangiliklari / xorij xabarlari | Просмотров: 1198 | Добавил: Admin | Теги: Mushuklar haqida siz bilmagan faktl | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar