22:23
MUNISA RIZAEVA: "OTA-ONAM AJRAShGAN. BU NIMA EKANLIGINI JUDA YaXShI BILAMAN"
Xonanda Munisa Rizaeva jurnalist Jasur Hamroev bilan suhbatda hozir kundagi ayol xonandalar va aktrisalar nomini oqlash uchungina turmushga chiqayotgani va ajrimlar ko`payib ketayotgani haqida gapirdi.

"Ota-onam ajrashgan. Ular ajrashganida o`zimdan nima o`tganini o`zim bilaman. Bu judayam qiyin masala. Bugungi kunda aktrisalarimiz, ayol xonandalarimiz 'galochka' uchun turmushga chiqyapti. Birovlarning oilalarini buzyapti. Ikkinchi, uchinchi, to`rtinchi xotin bo`lishyapti. Qizlarimiz o`zini umuman hurmat qilmaydi. Bu gaplarimdan kimnidir xafa qilib qo`yayotgan bo`lsam, uzr. Lekin bu mening nuqtai nazarim. Mendan muxlislarim ko`p so`rashadi. 'Qachon turmushga chiqasiz?', deb. Turmushga chiqish o`yinchoq narsa emas.

Men 31 yoshga kirdim. Har doim Ollohdan so`rayman. Mening peshonamga faqat bir inson yozilgan bo`lsin. U bilan turmush qurib, bir umr baxtli hayot kechiray. Ko`p farzandlarning onasi bo`lishni orzu qilaman. Kamida 5 nafar farzandning onasi bo`lishni istayman",—deydi Munisa Rizaeva.
Manba: Darakchi.uz
Категория: Qiziqarli shou biznes yangiliklari | Просмотров: 1004 | Добавил: Admin | Теги: MUNISA RIZAEVA: OTA-ONAM AJRAShGAN. | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar