14:28 Mukammal selfi olib, ko‘p “layk” to‘plash borasida 8 maslahat | |
Maqolada sifatli portret suratlar va selfilar tushirish bo‘yicha asosiy sirlarni ochib beramiz. Bu maslahatlardan foydalansangiz, Instagram’dagi fotosuratlaringiz yanada ko‘proq “layk” to‘playdi. To‘g‘ridan-to‘g‘ri quyosh nuridan qoching Aks holda, yuzingizda soyalar paydo bo‘lib, suratni buzadi. Suratga tushish uchun eng yaxshi sharoit — bulutli kun. Agar quyosh charaqlab turgan bo‘lsa, soyada suratga oling. Mos bo‘lgan fonni toping Fonning neytral yoki yorqin bo‘lishi o‘z didingizga havola. Asosiysi, orqa tomonda hech qanaqa tartibsizlik bo‘lmasligi kerak. Yaxshisi, ko‘chaga chiqing va daraxtlar yoki qiziqarli bino qarshisida suratga tushing. Takrorlashdan cho‘chimang Ijtimoiy tarmoqdagi sahifangizda yangiliklar tasmasida chiqib keladigan suratlarni kuzatib boring. Noodatiy rakursdan olingan, qiziqarli foni bo‘lgan suratlarni ko‘z ostingizga olib qo‘ying va o‘zingizga yoqqan rasmlarni qayta yaratishga urinib ko‘ring. Taymer qo‘ying Sizni suratga tushirish uchun hech kim bo‘lmasa, ishni o‘z qo‘lingizga oling. Masalan, telefon kamerasini taymerga qo‘ying yoki maxsus pult sotib oling. Istisnoli holatlarda o‘tkinchilardan yordam so‘rang. Ko‘p surat oling Boshlovchilar uchun oltin qoida: qanchalik ko‘p bo‘lsa, shunchalik yaxshi. Iloji boricha ko‘proq surat tushiring, hatto bitta rakursdan bo‘lsa ham. Bu suratlarning birortasi sizga yoqishi aniq. Ko‘zlaringiz yonib tursin Suratga olish vaqtida ko‘zdagi nurlarni kadrga muhrlashga intiling va rasmga ishlov berishda ularga urg‘u bering. Ustki va pastki qovoqlaringiz o‘rtasiga biroz xaylayter suring, shunda nigohlaringiz yanada ochiladi. Zo‘r bermang Sun’iylik ko‘zga tashlanadi. O‘zingizni bemalol tuting va ko‘proq harakatlaning. Shunda fotosuratlar jonliroq va qiziqarliroq chiqadi. Yorqin urg‘ular qo‘shing Masalan, shlyapa, ko‘zga tashlanadigan zirak yoki qip-qizil pomada. Urg‘ular zarur qiyofani yaratishda yordam beradi va fotosuratga e’tiborni tortadi. Manba: Daryo.uz | |
|
Всего комментариев: 0 | |