22:12
Mourinyo futbolchilariga pokemon o‘ynashni man etdi
Angliya matbuotiga ko‘ra, “Manchester Yunayted” bosh murabbiyi Joze Mourinyo futbolchilariga Pokemon Go o‘ynashni man etdi. Bu haqda “Korrespondent.net”xabar bermoqda.


Mourinyo o‘yinchilar bilan yaxshi munosabatlarni qadrlaydi va ularning futbol maydonidan tashqarida bo‘shashishi va dam olishini to‘g‘ri deb hisoblaydi. Biroq uni atrofda yuz berayotgan pokemonlarga ommaviy berilish xavotirga solmoqda.

Portugaliyalik murabbiy bellashuvlardan ikki kun avval “MYu” futbolchilari barcha o‘yinlarni yig‘ishtirib qo‘yishi va taktikaga zo‘r berishi zarurligini ta’kidlamoqda.
Категория: Qiziqarli sport yangiliklari / futbol xabarlari | Просмотров: 795 | Добавил: Admin | Теги: Mourinyo futbolchilariga pokemon o‘ | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar