20:27
Moskvada Lola Yo`ldoshevaning katta konserti bo`lib o`tdi
Kecha, 8 mart kuni xalqaro xotin qizlar bayrami munosabati bilan Moskvaning "Izmaylovo Concert Hall" saroyida nihol mukofoti sovrindori Lola Yo`ldoshevaning katta konserti bo`lib o`tdi.

Keng zal gavjum, ko`pchilik o`zbekistonliklar turli shaharlardan ataylab shu konsert uchun kelishgan.

Konsert boshida Lola barcha ayollarni 8 mart xotin-qizlar bayrami bilan tabriklab, ularga baxt-saodat, mehr-muhabbat tiladi.

Lola o`zining eng sara xit taronalari muxlislarga tuhfa etdi: ulardan "Muhabbatim", "Qaytmaydi", "Bilmaysan" nomli qo`shiqlar bilan muxlislarni hushnud etdi. Qo`shiqlarini ko`pchilik muxlislar yoddan aytib, qo`shiqchi bilan birgalikda kuylashdi. Ayniqsa, Lola kuylagan "Toshkent-Samarqand" nomli qo`shig`i zaldagi ko`pchilik muxlislarni raqs tushishga chorladi.
Manba: Darakchi.uz
Категория: Qiziqarli shou biznes yangiliklari | Просмотров: 634 | Добавил: Админ | Теги: Moskvada Lola Yoldoshevaning katta | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar