00:53 Moskva markazidagi“Yevropeyskiy standart” bankidan 5 mln dollar o‘g‘irlandi | |
Moskva markazidagi Solyanka ko‘chasida joylashgan “Yevropeyskiy standart” banki omborxonasidan 5 million dollar o‘g‘irlandi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda. Bank vakillari politsiyaga pullar yo‘qolgani haqida 24-noyabr, juma kuni murojaat qilgani bildirilmoqda. “O‘g‘irlik haqida bank ochilganidan so‘ng ma’lum bo‘lgan. Omborxonada qandaydir shikastlanishlar aniqlanmadi”, — ma’lum qildi huquq-tartibot idoralaridagi manbalardan biri. Rossiya Jinoyat kodeksining 159-moddasi (“Firibgarlik”) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘aldi. Uning doirasida bank xodimlari so‘roq qilinmoqda. Manba: Daryo.uz | |
|
Всего комментариев: 0 | |