12:50 MIYa ChAYQALIShI ASORAT BERMASIN DESANGIZ... | |
Miya chayqalishi ko`proq yoshlarda, sportchi yoki xavfli kasb egalarida, shuningdek, avtofalokat, boshqa baxsiz hodisa tufayli sodir bo`lishi mumkin. Bu holatda, eng asosiysi, miya chayqalishidan keyin bemorni to`g`ri parvarishlashdir. Aks holda, jiddiy asoratlar yuzaga kelib, bemorning ahvoli yomonlashaveradi. Demak, bemor ma`lum vaqt shifokorning barcha ko`rsatmalariga amal qilishi shart. Miya chayqalishidan keyingi hayot tarzi haqida shifokor-neyroxirurg Odilxon USMONXONOV ma`lumot beradi. ASOSIY ShART Bosh miya chayqalishidan keyin shifokor birinchi o`rinda asorat qoldimi-yo`qmi tekshiradi. Odatda, to`g`ri davo kursidan keyin odamda hech qanday asorat qolmaydi. Faqat ma`lum vaqt davomida, holsizlik, bosh og`rig`i, ob-havo o`zgarishiga ta`sirchanlik sezilishi mumkin. Lekin bemor vaqtida dam olmaganida yoki davo kursi yakunlanmaganida asoratlar kuchayadi. Ba`zilar miya chayqalganidan keyin tez toliqadigan, asabiy, hatto urishqoq, tajovuzkor, boshqalar esa depressiyaga moyil bo`lib qolishi mumkin. Yana miya chayqalishidan keyin odamning boshi og`riydigan, uyqusizlik qiynaydigan, diqqatini jamlolmaydigan, tez shamollaydigan holatga keladi. Bunday paytda shifokor tinchlantiruvchi, og`riqsizlantiruvchi dori-darmonlar buyuradi. Ammo ular ham vaqtinchalik ta`sir ko`rsatadi. Shunday ekan, miya chayqalishidan keyin ma`lum qoidalarga rioya qilish kerak. HAMMA NARSA VAQTIDA BO`LSIN Miya chayqalishidan keyin bemor bir hafta yotib davolanish tartibiga rioya qilishi shart. Kamida 2 hafta davomida quyidagilar TAQIQLANADI: *biror ish bilan shug`ullanish, *mashina haydash; *sport bilan shug`ullanish; *oftobda yurish, *saunaga borish, *musiqa eshitish, *televizor tomosha qilish, *kompyuterda ishlash, *kitob-gazeta o`qish, *3 kg dan ortiq yuk ko`tarish, *tamaki chekish, spirtli ichimliklar iste`moli; *sho`r, achchiq, haddan ziyod qovurilgan taomlar iste`mol qilish taqiqlangan. DAVOSI NAZORATDA Shifokor buyurgan har bir dori-darmonni o`z vaqtida qabul qilishni unutmang. Ayniqsa, bosh miyada qon aylanishini yaxshilaydigan dorilarni o`z vaqtida qabul qiling. Chunki bosh miya chayqalishidan keyin odatda, bemorning qon bosimi ko`tarilib turadigan bo`lishi mumkin. Bu esa, ayniqsa, yozning jazirama kunlarida xavfli omil hisoblanadi. Oradan bir oy o`tib, shifokor-neyroxirurg yoki travmatolog ko`rigidan o`tish kerak. Zarur bo`lsa, elektroensefalogramma tekshiruvi ham qilinadi. Bemor har olti oyda nevropatolog ko`rigidan o`tib, tegishli davo kursini olib tursa, hech qanday asorat uni qiynamaydi. OVQATGA KO`P NARSA BOG`LIQ Taomnomadagi barcha ovqatlar vitaminga boy bo`lishi kerak. Bu miyadagi qon aylanishni yaxshilash, bemorni tinchlantirish va quvvatlantirish uchun kerak. Bir oy davomida sutli ugra oshi, grechixali dimlama osh, lavlagili karam sho`rva, ko`proq chaq-chuqlar (ayniqsa, yong`oq va bodom), kalla go`shti, jigar, kurka va tovuq go`shti, haftada bir marta, albatta, baliq iste`mol qilish kerak. Mevalardan banan va sitruslilar, shotut va anor foydali. Ichimliklardan kun davomida siydik haydovchi na`matak, zirk solingan yoki olxo`rili kompot, asalli ko`k choy ichish kerak. XALQONA YoRDAM *ASABIYLAShSANGIZ: Zira urug`ini yanchib, bir chimdim ko`k choy va moychechak bilan aralashtirib, choy qilib iching. *QUVVATSIZLIK SEZSANGIZ: Yong`oq, limon va asal aralashmasini har kuni nahorga qabul qiling *TUShKUNLIKDA: 1. Bananni maydalab, shakar, sut bilan aralashtirib iste`mol qiling. 2. Kartoshkani qo`rda (po`sti bilan) pishirib eng. *BOSh MIYaDA ASORAT QOLMASLIGI UChUN: 1. Ismaloq, ko`kpiyoz, 2 dona suvda pishgan tuxum sarig`i (yaxshisi o`rdak yoki bedana tuxumi bo`lsin) va zaytun moyini aralashtirib, salat tayyorlab eng, u miyaga quvvat bo`ladi, asorat qoldirmaydi. 2. Karam suvini siqib, maydalangan zig`ir urug`i bilan aralashtirib, ochqoringa yarim piyoladan ichiladi. *BOSh OG`RIYVERSA: Dolchin va yalpizni teng aralashtirib, bir choy qoshig`iga 2 piyola suv quyib damlanadi, yarim soat dam edirib kun davomida ovqatlanish orasida ichsangiz, og`riq qiynamay qo`yadi, uyqungiz tiniqlanadi. Manba: Darakchi.uz | |
|
Всего комментариев: 0 | |