01:05 Misr shimolida Aleksandr Makedonskiy davriga oid maqbara topildi | |
Misrlik arxeologlar guruhi O‘rtayer dengizi qirg‘og‘ida Aleksandr Makedonskiy hayoti va boshqaruvi davri (miloddan avvalgi 356—323-yillar)ga oid qadimiy maqbarani topdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda. Buyuk sarkarda asos solgan shahar — Iskandariya yaqinidagi maqbaradan o‘sha davrga mansub 300 ga yaqin buyum aniqlandi. Yaqin orada olimlar maqbara devorlarida qoldirilgan qadimgi yunon tilidagi matnlarni o‘rganishga kirishadi. Ekspertlar asosiy savol — maqbara kimga tegishli ekanligiga aniqlik kiritishi lozim. Mahobati, ya’ni hududi to‘rtta katta xonaga bo‘lingani, ichki bezatilishidan kelib chiqib, unda Aleksandr Makedonskiyga yaqin zodagonlar vakili dafn etilgani taxmin qilinmoqda. Manba: Daryo.uz | |
|
Всего комментариев: 0 | |