13:05 Milliarder bo'lish uchun 19 ta ajoyib qoida | |
Dunyoda ko‘plab milliarderlar bor. Ular qanday qilib bunday moliyaviy muvaffaqiyatga erishgan? Avvalo,ming boy bo‘lsa ham pulni o‘ngi-chapiga qaramay sovurishga odatlanishmagan. Aksincha, ularerishgan muvaffaqiyatlarini oddiy hayot tarzlari bilan izohlaydilar. Keling, ularning shiorlari, qoidalari bilan tanishaylik. Maykl Blumberg, $34,3 milliard sohibi. “Siz uchun kor kelayotgan narsadan voz kechmang”. Maykl Blumberg Nyu-Yorkning eng bahs-munozaralarga sabab merlaridan biri bo‘lganligi bilan tanilgan. Bundan tashqari, Bloomberg L.P. xalqaro axborot kompaniyasi asoschisi va ta’sischisi hisoblanadi (88% aksiyaga ega). Biroq Maykl haqida ko‘pchilik bilmaydigan bir haqiqat bor: u oxirgi 10 yil ichida bor-yo‘g‘i ikki juft poyafzal tutgan va hozir ham ularni kiyib yuribdi. Bu qora rangdagi mokasinalar bo‘lib, milliarder boshqa hech qaysi poyafzalda o‘zini qulay his etmaydi. Bill Geyts, $79 milliard sohibi. “Avvalgi xatolaringizdan saboq chiqaring”. Hayotimizda ko‘plab xatolarga yo‘l qo‘yamiz. Shu jumladan, pul ishlatish borasida ham. Dunyodagi eng badavlat odamlardan biri — Bill Geyts bir vaqtlar shunday degan edi: «Muvaffaqiyatni nishonlash juda ham ajoyib. Biroq muvaffaqiyat-sizliklardan o‘ziga saboq chiqarish bundan ham muhimroqdir». Ingvar Kamprad, $53 milliard sohibi. “Ortiqcha sarf-xarajatlardan qoching”. IKEA asoschisi Ingvar Kamprad “hatto o‘ta boy bo‘lsangiz ham, ba’zi xarajatlarni qilishingiz umuman kerak emas”, deb hisoblaydi. Boshqa juda badavlat insonlar farqli ravishda shaxsiy samolyotda uchishdan ko‘ra aviakompaniyalar samolyo-tining ekonom-klassida uchishni afzal ko‘radi. Kamprad o‘z xotiralarida shunday yozadi: «Bizga yorqin avtomobillar, chiroyli nomlar, maxsus kiyim va boshqa mavqeni bildiruvchi belgilar kerak emas, o‘zimizning kuchimiz va irodamizga ishonamiz!». Shu o‘rinda Ingvar haqida qiziqarli ma’-lumot: u mana 30 yildirki, bir kreslodan foydalanib kelmoqda. Uorren Baffett, $66,1 milliard sohibi. “Ehtiyojingizga mos uy sotib oling”. Uorren Baffett bu qoidaga yorqin misol bo‘la oladi. U hozirgacha 1958 yilda 31 500 dollarga sotib olgan Nebraska shtatining Omaxa shahrida joylashgan uyida yashab kelmoqda. Ixtiyoridagi milliardlarga qaramasdan, Baffett hashamatli uy sotib olishga hech qanday hojat sezmaydi. Opra Uinfri, $2,9 milliard sohibasi. “O‘zingiz uchun zavq beradigan narsani toping”. Bu oddiygina maslahat Opraga omad va shuhrat olib keldi. U shunday deydi: «Qanday nufuzga ega bo‘lishingiz nimaga ishonganligingizga bog‘liq. Nimanidir yoqtirishingiz va uni amal oshirishni uddalay olishingiz hayotin-gizdagi buyuk mukofotlarga olib kelishi mumkin». Richard Brenson, $5,1 milliard sohibi. “Oldingizga maqsad qo‘ying va unga erishish uchun qo‘lingizdan keladigan barcha ishni qiling”. Britaniyalik milliar-der va Virgin Group asoschisi Richard Brenson o‘z faoliyatini qachonlardir oddiy maqsadlar yozilgan ro‘yxatdan boshlagan. Ro‘yxatdagi yozuvlar haqiqatdan yiroq bo‘lgan bo‘lishi mumkin, biroq u rejalarini ro‘yobga chiqarishni o‘z oldiga maqsad etib qo‘ydi va ularga yetishish uchun olg‘a bordi. Karlos Slim, $78,5 milliard sohibi. “Mablag‘ tejashni iloji boricha vaqtliroq boshlang”. Dunyoning bir vaqtlar eng boy odami hisoblangan Bill Geytsni taxtdan tushirishga muyassar bo‘lgan meksikalik tadbirkor Karlos Slim pullarni tejash borasida quyidagi foydali maslahatni beradi: “Kim bo‘lishingizdan qat’iy nazar, pullarni tejash va ularni o‘rnida ishlatishni qancha erta boshlasangiz, kelgusida shunchalik yaxshi natija beradi”. Jon Kodvell, $2,6 milliard sohibi. “Transportning alternativ turlaridan foydalaning”. Bu ingliz biznesmeni mobil telefonlar orqali davlat orttirgan. U “kishi boy bo‘lsa, albatta qimmatbaho mashinada yurishi va badavlatligini hammaga ko‘z-ko‘z qilishi shart emas”, deb hisoblaydi. Milliarder bo‘lishiga qaramay, hali ham ko‘pincha piyoda yuradi, motosikl, hatto jamoat transportidan ham foydalanib turadi. Devid Cheriton, $1,7 milliard sohibi. “Nimalarga qodir ekanligingizni bilib oling”. Devid Google ning ilk sarmoyachilaridan biri va hozir ham kompaniyadan yaxshigina dividend olib turadi. Dastlab tikkan puli esa 100 000 dollardan iborat bo‘lgan. Boyvachchaligiga qaramay, sartarosh xizmatidan foydalanmay, sochini o‘zi oladi. Bir qaraganda arzimasdek tuyuladigan bu tejamkorlikni boshqa sohalarda ham qo‘llasangiz, sizga yaxshigina xizmat qilishi mumkin. Bunga ishonch hosil qilish uchun qo‘lingizdan keladigan ish uchun boshqa birovga qancha pul berayotganligingizni hisob-kitob qilish kifoya. Mark Sukerberg, $30 milliard sohibi.“Sodda avtomobildan foyda-laning”. Facebook asoschisi ham juda oddiy yashaydi. Garchi dunyoning eng yosh mil-liarderi o‘zi istagan har qanday mashinani sotib olish imkoniga ega bo‘lsa-da, 30 000 dollar turadigan oddiy Acura mashinasida yurishni afzal ko‘radi. Jon Donald Makartur, $3,7 milliard sohibi. “Budjet tuzing va unga amal qiling”. Makartur Bankers Life and Casualty Company ning yagona aksioneri bo‘lgan. Qimmatbaho xaridlardan vozkechgan va juda oddiy yashagan, yillik sarf-xarajatlari bor-yo‘g‘i 25000 dollarni tashkil etgan. RozaKennedi. “Topqir bo‘ling va xarajatlarning muqobil variantlarini izlang”. Kennedilar sulolasining onaboshisi pul tejashda qo‘llaydigan usul antiqa bo‘lgan (ayniqsa, bu oila to‘plagan boylikni hisobga olinsa): makulatura sotib olish o‘rniga yil yakunlashini kutib, eskirgan stol kalendarlarini sotib olardi. Bu pullarni arzimagan narsalar hisobiga ham tejash mumkinligiga yaxshi misol bo‘la oladi. TomasBunPikens, $1 milliard so—hibi. “Xarid qilinadigan narsalar ro‘yxatini tuzing va ularga yetadigan puldan ortig‘ini olmang”. Neft ortidan milliardlar sohibi bo‘lgan Pikens do‘konga borishdan oldin sotib olinadigan mahsulotlar ro‘yxatini tuzib oladi va faqat shu ro‘yxatdagi narsalarnigina sotib oladi. Karmonidagi cheklangan miqdordagi pul unga bu qoidani buzishiga yo‘l bermaydi. Jim Uolton, $34,7 milliard sohibi.“Eng yangisi yoki zo‘ri shart emas”. WalMart tarmog‘ining asoschisi Sem Uoltonning kenja o‘g‘li Jim Uolton ham sodda hayot kechiradi. Bunga uni otasi o‘rgatgan. Moliyaviy tomondan salmoqli muvaf-faqiyatga erishganligiga qaramay, 15 yildan beri bitta “Pikap”da yuradi. Yangi va qimmatbaho mashinadan ko‘ra o‘zining eski transport vositasidan imkoni boricha to‘liq foydalanishni afzal ko‘radi. Donald Tramp, $3,9 milliard sohibi. “Ko‘p mehnat qiling”. Muvaffaqiyatga zahmatkashligi orqasidan erishgan. Ko‘pchilik uni moliya dunyosida shunchaki omadi chopgan, deb hisoblashadi. Biroq Trampning aytishicha, omad serg‘ayrat mehnatdan so‘ng keladi: «Agar ishingiz mevasini keltirayotgan bo‘lsa, odamlar sizni shunchaki omadi chopgan deb aytishadi. Balki bu shundaydir, chunki sizda mehnat qilishga undaydigan aqlning borligi omadingizdir!». Robert Kuok, $11,5 milliard sohibi.“O‘zingizda bor barcha imkoniyatlardan foydalaning”. Malayziyaning eng badavlat insoni onasidan o‘rgangan qoidalarga amal qilgan holda hayot kechiradi. Ya’ni hech qachon ziqnalik qilmang, boshqalardan manfaatingiz yo‘lida foydalanmang. Robertning aytishicha, moliyaviy tomondan muvaffaqiyatli bo‘lish uchun boshqalar qobiliyatingizga shubha bildirishganda ham kuchli bo‘lishingiz va barcha imkoniyatlardan foydalanishingiz kerak. Li Kashin, $31 milliard sohibi. “Sodda yashang”. Li Osiyoning eng badavlat odami va jahonning eng boy odamlari o‘ntaligiga kiradi. Uning aql bovar qilmas muvaffaqiyati zamirida oddiy, sodda hayot kechirishi yotadi. O‘zingizni sodda yashash va bunday hayot tarziga ko‘nikishga o‘rgating. Jek Ma, $10 milliard sohibi. “Mijoz doimo birinchi o‘rinda bo‘lishi kerak”. Alibaba Group asoschisi Jek Ma mijozlar doimo ustunlikka ega bo‘lishi kerak, deb hisoblaydi. Ulardan keyingi o‘rinda esa xodimlar turishi kerak. Ulushdorlar esa bu zanjirning oxirida bo‘lishi kerak. Govard Shuls, $2,2 milliard sohibi.“Pul hali hammasi emasligini tushunib yeting”. Starbucks kompaniyasining direktorlar kengashi raisi Govard Shuls “insonning ma’naviy boyligi moliyaviy boyligidan ustunroq turadi, davlatimni emas, e’tiqod qo‘ygan qadriyatlarimni baholashga harakat qilganman» deb ta’kidlaydi. | |
|
Всего комментариев: 0 | |