09:41
Mevali pishiriqlarning siz bilmaydigan 7 ta siri


1. Mevali pirog pishirayotganda mevalarni bandidan tozalab, ozroq un bilan aralashtirib oling. So`ngra xamirga qo`shsangiz, sharbati ajralmaydi.

2. Oshirma xamirli bulochka tayyorlayapsiz. Nachinka sifatida biror mevani tanladingiz. Mevalarni xamir ichiga qay tariqa joylashtirsangiz ham muhimi chetini zichlab tuging. Yo`qsa sharbati ajralib ketishi mumkin. Sharbati o`zida qolsa, pishiriq yanada mazali bo`ladi.

3. Mevali pishiriqlarni har doim qizdirilgan gaz pechining o`rta haroratiga qo`yish kerak. Baland haroratga qo`yilsa, pishiriq yuzasiga tez qizarib, ichidagi mevasi hisobiga xamir yaxshi pishmaydi.

4. Oddiy (nachinkasiz) pirogni ham meva ta`mi bilan boyitish mumkin. Buning uchun ta`m beruvchi vanilindan foydalaning. Pishgach esa qulupnay, maymunjon ta`mli tayyor glazurni ishlating. Rangi ham, mazasi ham manzur bo`ladi.

5. Nonushtaga mevali blinchik tayyorlashga nima deysiz?! An`anaviy usulda blinchik xamirini tayyorlab, ichiga meva pyuresini soling. Masalan, qulupnayni blenderda ezg`ilab, qand upasi bilan aralashtiring. So`ngra blinchik ichiga surting-da, uzunasiga o`rab chiqing. Qand upasidan bezak o`rnida foydalanishingiz mumkin.

6. Tvorog va meva! Bu ikkisidan juda mazali pishiriq tayyorlash mumkin. Ammo bir sharti bor: pirog korji ustiga avval tvorog+tuxum+shakarli aralashmani solib, pishirib olasiz. Shundan keyin istalgan mevani tvorog ustidan terib, yana gaz pechiga qo`yishingiz mumkin.

7. Eng oddiy desertlardan biri bize va mevadan tayyorlanadi. To`rt dona tuxumni mikserda ko`pirtirib, 1 stakan shakar bilan aralashtiring. Pishiriq qog`ozi solingan patnisga istalgan shakldagi bize ko`rinishi hosil qiling. Past olovda 2 soat pishgan bizeni ikkiga ajratib, orasiga qaymoqli krem va meva bo`laklarini qo`yasiz. Yarim soat muzlatgichda tursa, og`izda eriydigan desert bo`ladi.

 

Категория: Qiziqarli / pazandalik sirlari / ayollar oshxonasi | Просмотров: 797 | Добавил: Admin | Теги: Mevali pishiriqlarning siz bilmaydi | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar