14:48 MEVA-SABZAVOTLARNI QIShGA G`AMLAShNING 5 USULI | |
"Qish g`amini yozda e" degan maqolni yoshligimizdan yaxshi bilamiz. Har bir oila bekasi har yili bu qoidaga so`zsiz amal qiladi. Avvallari yoz ne`matlarini qish uchun saqlab qo`yishning faqat quritish (qoqi) va tuzlash usullari qo`llanar edi. Keyinchalik taraqqiyot yangi usullarni olib keldi. Quyida uy sharoitida meva-sabzavotlarni qishga olib qo`yishning keng tarqalgan usullariga ta`rif beramiz. Konservalash Sabzavotlar, mevalar, rezamevalar, qo`ziqorinlar – xullas, ko`p narsalarni bankalarga solib konservalash mumkin. Qishda tuzlamalar, kompotlar, murabbolar... eh, maza! + Uzoq saqlash muddati (1 yilgacha). +15 darajagacha haroratda ham mahsulotning buzilmay turishi. - Uksus, tuz, shakar foydali mahsulotlar sirasiga kirmaydi. Yosh bolalarga berish tavsiya etilmaydi. Yuqori haroratda ishlov berilganda masalliqlar tarkibidagi vitaminlar va foydali moddalar o`ladi (minerallar va V guruh vitaminlarning 30 foizi, A guruh vitaminlarning 50 foizi, S guruh vitaminlarning 70 foizi yo`qoladi). 1.Tuzlash Karam, bodring, pomidor kabilarni katta kastryullar va bochkalarda ko`p miqdorda tuz solingan suvda saqlash mumkin. + S vitamini va boshqa ko`plab foydali mikroelementlar saqlanib qoladi. - Tarkibida tuz ko`p bo`lgani uchun bolalarga, homiladorlikning uchinchi uch oyligidagi ayollarga va keksalarga berish mumkin emas. 1.Qoqi qilish Mevalar uchun juda ma`qul usul. Qoqilardan qishda mazali kompotlar qaynatish, taomlarga qo`shish mumkin. Quritilgan ko`katlar esa taomning ta`mini boyitadi. + Quritilganda mevalardan 80 foiz namlik ketadi va ular tarkibidagi temir, kaliy kabi foydali moddalarning uzoq muddat saqlanib qolishi uchun zamin hozirlanadi. Turli konservantlar (uksus, tuz, shakar...) dan xoli bo`lgani uchun, yosh bolalarga ham bemalol bersa bo`ladi. - Tayyorlash uzoq vaqtni oladi. Sabzavot va mevalarni yuvish, quritish, bir necha kun ma`lum haroratda ochiq havoda saqlab turish mehnat va e`tibor talab qiladi. 1.Muzlatish Bu sabzavot va mevalarni saqlashning eng qulay va tez bo`ladigan usuli. Muzlatilgan mevalar yangi daraxtdan uzilgan holatda saqlanadi. + Manfiy haroratda zararli mikroorganizmlar o`ladi, foydali moddalar esa to`liq saqlanib qoladi. Konservalangan, shakarga botirilgan mevalarga nisbatan muzlatilganlarining ozuqaviy xususiyatlari yuqori, ular shakar, tuz kabi moddalardan xoli, demak, sog`liqqa zarari yo`q. - Faqat shok usulida muzlatilgandagina foydali xususiyatlar saqlanib qoladi, ya`ni muzxona harorati -18 darajadan past bo`lishi kerak. Bir marta eritilgan mevalarni qayta muzlatib bo`lmaydi, shu sababli muzxonaga ularni porsiyalarga bo`laklab alohida paket yo konteynerlarda joylash kerak. 1.Shakarlash Bu konservalash va muzlatish orasidagi usul. Mevalar termik ishlovsiz, shunchaki shakarga botirib qo`yiladi. + S vitamini ko`p miqdorda saqlanib qoladi. Faqat salqin joyda saqlansa kifoya. Shakari ko`p bo`lgani uchun allergiya, diabet kabi muammosi borlarga va yosh bolalarga to`g`ri kelmaydi. - Tajribali bekalar tavsiya etadi! Petrushkani tuzlab bo`lmaydi, shunday qilsangiz vaqt o`tishi bilan uning tarkibida zaharli moddalar paydo bo`ladi. Uni quritib, karton qutichalalarda yoki qog`ozga o`ralgan holda saqlash kerak. Tok barglarini shunchaki plastik paketlarga solib muzxonada saqlash mumkin. Ishlatayotganda biroz vaqt muzxonadan tashqariga chiqarib qo`yiladi va qaynoq suvga solinadi. Barglar rangi va barraligini saqlab qoladi. Gulkaramni muzlatishdan avval qaynab turgan tuzli suvga solib olish kerak. Aks holda muzdan eritilganda undan badbo`y hid taraladi. Qaynoq suvdan olib, sovutib, quritib, keyin polietilen paketlarda muzxonada saqlasangiz bo`ladi. Baqlajonni kubik yoki halqa shaklida to`g`rab, xuddi munchoqdek ipga tering-da gaz plitangizning tepasiga yoki balkonga osib qo`ying. Kerak payti keragicha olib, suvda biroz ivitishingiz va qovurib eyishingiz, taomlarga, salatlarga solishingiz mumkin. Xuddi yangi chiqqan baqlajondek bo`ladi. Yalpizni muzlatgandan ko`ra quritgan qulayroq. Quritib maydalab olib qo`ysangiz, kerak payti ishlataverasiz. Rayhon bargi va ko`katlar ham shunday. Manba: Darakchi.uz | |
|
Всего комментариев: 0 | |