12:23 “Mening musiqam xizmati”: iyul oyining otashin TOP-10taligi | |
Beeline “Mening musiqam” (Ring Back Tone (RBT) – kutish gudoklari o‘rniga musiqa) xizmati ringtonlarining TOP-10 taligini taqdim etadi. “Mening musiqam” xizmati 2007 yil iyun oyida ishga tushirilgan. U qo‘ng‘iroq qilayotgan abonent uchun standart ulanish signalini ommaviy musiqa, hazil yoki g‘aroyib tovush bilan almashtirish imkonini beradi. Endilikda “Mening musiqam” http://sm.beeline.uz saytidan musiqa xarid qilinganda, 0644 raqamiga qo‘ng‘iroq qilinganda, shuningdek, musiqani ko‘chirib yoki sovg‘aga olganda avtomatik ravishda ishga tushadi. Bundan tashqari, do‘stingizning sizga yoqib qolgan musiqasini, agar u ham Beeline abonenti bolsa, osongina ko‘chirib olish mumkin. Buning uchun musiqani gudok o‘rnida eshitayotgan vaqtda * ni terish zarur. Bundan keyin telefonga SMS keladi, unga, agar do‘stingizning musiqasini o‘rnatishni istasangiz, “Ha” so‘zi, istamasangiz, “Yo‘q” so‘zi bilan javob qaytarishingiz kerak. | |
|
Всего комментариев: 0 | |