09:34 Mazali "Qish oqshomlari" kabobiga nima deysiz? | |
Juftingiz bilan birga pishiring! Zarur masalliqlar: 600 gr. tovuq go`shti (suyaksiz), 3 osh qoshiqdan ketchup va soya sousi, 2 bo`lak sarimsoqpiyoz, 1 osh qoshiq kunjut yog`i, ziravorlar, qora murch. Tayyorlanishi: 1. Ketchupga soya sousini soling. Kujut yog`i, qora murch va ziravorlarni ham qo`shing. Tuz shartmas. 2. Sarimsoqpiyozni yaxshilab ezib, aralashmaga solasiz-da, aralashtirasiz. 3. Tovuq go`shtini uzunasiga o`rtacha qalinlikda to`g`raysiz. 4. Tovuq go`shti ustiga marinadni soling. Kamida yarim soat marinadlab qo`ying. 5. Marinadlangan go`shtni sixlarga tortib, kabob qo`rasida yoki gaz pechida pishirib oling. 4 kishilik 1 soatu 35 daqiqa | |
|
Всего комментариев: 0 | |