00:35
«May» keksi — shokolad+qulupnay=betakror desert!
Zarur masalliqlar: 400 gr. un, 250 gr. sariyog`, 2 stakan qulupnay, 1,5 stakan un, 4 dona tuxum, 10 gr. xamiryumshatgich (razrxlitel); glazur uchun: 3 osh qoshiqdan sut, shakar va kakao, 1 osh qoshiq sariyog`.

Tayyorlanishi: 1. Qulupnayni yaxshilab yuvgach, blenderda ezing.

2. Tuxum sarig`ini oqidan ajratib, shakar bilan aralashtiring. Sariyog`ni eritib, sovigach, tuxumli aralashmaga qo`shing.

3. Tuxum oqini engil ko`pirtiring.

4. Tuxum sarig`iga un va xamiryumshatgichni qo`shing. So`ngra tuxum oqini solasiz. Bir aralashtirgach, qulupnayni ham qo`shasiz-da, yana yaxshilab aralashtirasiz.

5. Quyuq xamirni keks qolipiga soling. 200 darajada qizdirilgan gaz pechiga 50-60 daqiqaga qo`ying.

6. Sutga shakar va kakaoni solib, aralashtirib turgan holda qaynating. Keyin sariyog` qo`shib, bir aralashtiring-da, issiq holida keks ustiga quying.

1 soatu 20 daqiqa

6 kishilik
Manba: Darakchi.uz
Категория: Qiziqarli / pazandalik sirlari / ayollar oshxonasi | Просмотров: 806 | Добавил: Admin | Теги: «May» keksi — shokolad+qulupnay=bet | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar