22:11 Maxsus xizmatlar Telegram asoschisining elektron pochtasini buzib kirishga urindi | |
“VKontakte” ijtimoiy tarmog‘i va Telegram messenjeri asoschisi Pavel Durov uning elektron pochtasini maxsus xizmatlar buzib kirishga uringani haqidagi Google axborotini e’lon qildi. “Davlatga aloqador xakerlar sizning parolingizni o‘g‘irlashga uringan bo‘lishi mumkin”, — deyiladi Pavel Durov tomonidan Twitter’da e’lon qilingan Google xabarnomasida. “Men hech qachon muhim ishlar uchun Gmail’dan foydalanmayman, biroq nima uchundir yuz bergan hodisadan hayron bo‘layotganim yo‘q”, — deya hodisaga munosabat bildirdi Telegram asoschisi. Manba: Daryo.uz | |
|
Всего комментариев: 0 | |