21:34 Matyoqub Matchonov lavozimga o`tirdi | |
“O`zbekkino”ning feysbukdagi sahifasida O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist, Matyoqub Matchonov O`zbekiston Kinoarboblari ijodiy uyushmasiga rais etib tayinlangani haqida xabar berildi... Uyushmaning asosiy vazifalari milliy kinematografiya yo`nalishlarini belgilash, yangi badiiy jamoalar tuzish, boy an`analarga tayangan holda jahon andozalari darajasidagi zamonaviy milliy kino san`ati maktabini yaratishdir. Shuningdek, O`zbekiston kino san`atini mamlakatimizda va chet ellarda targ`ib etish, xorijiy kino ustalari bilan ijodiy aloqalarni o`rnatish va kengaytirish, milliy va xalqaro kinofestivallarida ishtirok etishni tashkillashtirish ham asosiy vazifasidir. Kino sohasida ijtimoiy madaniy tadbirlar, ijodiy uchrashuvlar va boshqa tadbirlarni tashkil qilish bilan ham shug`ullanadigan uyushma rahbaridan ijodiy yangiliklar kutib qolamiz. Manba: Darakchi.uz | |
|
Всего комментариев: 0 | |