01:21
Markaziy bank yangi namunadagi tangalarni chiqaradi
Oliy Majlis Senati Kengashi Markaziy bankning yangi tangalar chiqarish to`g`risidagi taklifini, shuningdek ularning namunalari va dizaynini ma`qulladi, deb yozadi Norma.uz

Oliy Majlis Senatining axborotiga ko`ra yaqin orada qiymati 50 (ellik), 100 (yuz), 200 (ikki yuz) va 500 (besh yuz) so`mlik tangalar muomalaga chiqariladi.

Ilgari Xalqaro press-klub yig`ilishlarida Markaziy bank vakillari yangi tangalar chiqarilishi haqida xabar berar edilar. Ularning muomalaga kiritilishi eskirgan kupyuralarni yangilashga sarflanadigan xarajatlarni tejash imkonini beradi.
Manba: Darakchi.uz
Категория: Qiziqarli Yurtimiz yangiliklari / yurtimiz xabarlari | Просмотров: 664 | Добавил: Админ | Теги: Markaziy bank yangi namunadagi tang | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar