20:07 Majburiy ishdan bo`shatish mumkinmi? | |
MChJ tashkilotda ishlayman. Kadrlar bo`limi boshlig`i meni chaqirtirib ishdan bo`shash uchun ariza yozishim kerakligini va o`rnimga yangi xodim olinishini aytdi. Majburiy ariza orqali ishdan bo`shatish mumkinmi, bunday paytda qaerga murojaat qilish lozim? Sadriddin, Qashqadaryo viloyati B.Nizomov, Mehnat vaziri o`rinbosari: —Darhaqiqat, ayrim hollarda ish beruvchi tomonidan ishchi xodimni o`z arizasiga asosan ishdan bo`shatishga majburlash ko`rinishidagi holatlar uchrab turmoqda. Ba`zan ishga qabul qilish davrida ishga qabul qilinayotgan ishchidan noqonuniy ravishda ishdan bo`shatish to`g`risida ham ariza yozish talab etiladi. Bunday holatlarda ishchi xodim ishga tiklash masalasi yuzasidan sudga murojaat qilishi lozim. Shuningdek, Mehnat kodeksining 275-moddasiga muvofiq, mehnat shartnomasini g`ayriqonuniy ravishda bekor qilinganligi oqibatida kelib chiqqan majburiy progul vaqti uchun xodimga pul mablag`lari to`lab beriladi. O`zingizni qiziqtirgan yana ko`plab savollarga "Darakchi" gazetasining payshanba kuni sotuvga chiqadigan yangi sonida javob olishingiz mumkin | |
|
Всего комментариев: 0 | |