23:47 Madina Mumtozning noodatiy savollarga javobi | |
Xonanda, aktrisa, ikki farzandning onasi, suyukli yor va chaqqongina kelin – Madina MUMTOZ bilan “Sug`diyona” gazetasi ijodkori bog`lanib, ijodi haqida suhbatlashmadi! Bu safar u noodatiy savollar nishonida! Qani ko`ramiz, berilgan vazifani qay darajada uddalar ekan. – Hayotda qiyofadoshingiz bo`lishi mumkinmi? – Ha! «Zuhram»ni uchratmaganman-u, ammo qaysidir jihatlari, ehtimol tashqi ko`rinishi, yuz tuzilishi menga o`xshash bo`lganlar bor. O`zim ko`rganman! – Opera, jaz, rep — qay bir yo`nalishda tajriba qilib ko`rishingiz yoxud duet ijrosi amalga oshishi mumkin? – Opera yo`nalishida tajriba qilish niyatim yo`q emas! Demak, opera! – Tavakkal qilib... – Bilmasam... menimcha, oila qurayotganimizda, tanlagan yorimizni qanchalik yaxshi bilmaylik, tanimaylik, qaysidir ma`noda tavakkal qilamiz. Menda ham shunday bo`lgan. – Kimlarga nisbatan «allergiya»ngiz bor? – O`ziga bino qo`ygan, atrofidagi odamlarni qo`l uchida ko`rsatadigan insonlarga nisbatan «allergiyam» kuchli! – Xayolingizda tinimsiz aylanadigan qo`shiq? – ...ko`pincha ertalab biror taronani tinglasam, kun bo`yi u xayolimda aylanaveradi. Ko`pchilikda shunday bo`lsa kerak, o`ylarimizni band qiladigan qo`shiqlar o`zgaruvchan! – Tasavvur qiling, s`yomkaga ketayotib yo`lingizda adashdingiz. Telefoningizning quvvati tugagan, aksiga olib mashina benzining ham tagi ko`rinib qolayapti, tag`in deng, yoningizda pulingiz yo`q! Nima qilasiz? – Avval mashinani chetroqqa olaman, shu vaqtda biror kim yonimdan o`tib qolsa, undan yordam so`rayman, qo`ng`iroq qilib olish uchun. So`ng taksi to`xtataman-da, vaziyatni tushuntirib manzilim tomon oshiqaman. Xullas, vaziyatdan chiqish yo`lini topaman! – Madinaning jahli chiqqanda... – Qorni ochqagan bo`ladi (kulib). Arzimagan narsaga ham achchig`im kelishi mumkin, mabodo fikrimni oxiriga etkazib berishimga qo`yishmasa, juda qattiq jahl qilaman. – Qilayotgan ishingizdan uyalasiz, qachonki... – Yolg`on aralashgan bo`lsa... Ertami, kechmi sirim fosh bo`lishidan cho`chib, qilayotgan ishimdan uyalaman. Lekin bunaqangi vaziyatlar sira bo`lmagan. Rostgo`ylikni qadrlayman! – Bir marta bo`lsa ham mushtlashganmisiz? – Maktab paytlarim dugonalarimning yonini olib, tortishib turar edim. Lekin mushtlashishgacha bormagan. – Pardozsiz ko`chaga chiqishingiz mumkinmi? – Ha va bu holat juda ko`p takrorlanadi. – Turmush o`rtog`ingizni kutib olishda-chi? – Ba`zan pardozsiz bo`lishim mumkin, lekin imkon qadar umr yo`ldoshimning ishdan qaytishiga yasan-tusan qilvolaman! – Bolalik xotiralaringizni yodga soluvchi ifor qaysi? – Onam foydalangan atir! Bolaligimni eslaganimda aynan shu ifor dimog`imga urilgandek bo`ladi. – Telefoningiz tushirilgan so`nggi surat? – Mahalladan chiqib ketaverishda osmonning yarmi bulutli, yarmi quyosh manzarasidan allanechuk ta`sirlangandim. Shu peyzajni suratga olgan ekanman. – Ijodiy safarga ketayotganingizda o`zingiz bilan olishingiz shart bo`lgan 3 ta narsa-buyum? – Pul, uyali telefonim va uning quvvatlagichi! – Madina Mumtoz hayotining «saundtreki» qaysi kompozisiya? – O`zim ijro qilgan «Baxtli bo`l» qo`shig`i! Dildora YuSUFBEKOVA suhbatlashdi. Manba: Darakchi.uz | |
|
Всего комментариев: 0 | |