14:57 Lola nega folchilarni inkor etmadi? | |
Ijod va oilani bir maromda olib borayotgan xonanda Lola Yo`ldosheva noodatiy savollarimizga javob berdi... — Aytishlaricha siz... — Ishga nisbatan injiq va talabchanman ekanman. Menimcha, ham shunday, negaki xatakterimga ko`ra perfiksionistman. Professionallikni qadrlayman! Ijodiy guruhdan ham shuni talab qilaman. Hatto, u qadar muhim emasdek tuyulgan holatlar ham diqqatimdan chetda qolmaydi. Farzandlarimga ham ko`p aytaman, har bir ishni a`lo darajada bajaring, «yaxshi»si bilan kifoyalanmang, deb. — Xarakteringiz chizgisi bu... — Suv! Goho toshqin, gohida sokin harakatlanuvchi obi-hayotman! Toshdan toshga urilsam ham, bir joyda to`xtab qolmayman, oqimni topa olaman. Vijdon amri bilan yashayman, o`z prinsiplarimga sodiqman, agar ular hayotim davomida o`zgarmasa, albatta. — Lolaning uch orzusi? Insonlarga ko`proq yaxshilik qilsam deyman, baxtli bo`lishni istayman! Tinch-totuv, ahil oilam va yana farzanlarimning shiringina uka yoki singilchasi bo`lishini niyat qilaman! — Hamma-hamma niyatlaringiz amalga oshsin! — Rahmat! — Qo`lingizdan kelmaydigan ish qaysi? — Kimgadir atay yomonlik qilishni eplolmayman, hatto, u dushmanim bo`lsa ham. Bu holatda men ojizman. — Maktabda sizni kim deb chaqirishgan? — Agar biror laqabni nazarda tutayotgan bo`lsangiz, unaqasi bo`lmagan. Oddiygina Lola edim. — Biror marta bo`lsa ham yoqalashganmisiz? — Hech qachon! — Farzandlaringiz bir-birlari bilan urishib qolishsa-chi? — Mushtlashish bilan hech nimaga erishib bo`lmasligini, har qanday vaziyatda ham to`g`ri tushuntirish kerakligini uqtiraman. Lekin o`g`il bola oilasi, yaqinlari va vatan himoyachisi, kerak paytda kuch ishlata olishni bilishi kerak. — «A» harfi bilan boshlanadigan so`z ayting, xayolingizga kelgan eng birinchisi? — Arzimaydi! — Avtomobilda ketayotib nimalarni xayol qilasiz? — Ular turli-tuman va juda ko`p. — Yosh ijodkorlardan biri sizga shogird bo`lmoqchiligini aytib, izn so`rayapti, nima qilasiz? — Ichki sezgimga quloq tutaman. Agar o`zim va bo`lajak shogirdimga nisbatan ishonch paydo bo`lsa, ko`zim etsagina, ishga kirishaman. — Ekstrasens va folchilarga ishonasizmi? — Men Yaratganning qudratiga ishonaman, ammo noyob qobiliyatli insonlar borligini ham inkor etmayman. Shunchaki, folchi yoki ekstrasensga ishim tushmagan, qolaversa, kelajakni bilgim ham yo`q. Har qaysi niyatni chin ko`ngildan, astoydil, yolvorib so`rayman. Yaratgan, mendan so`ra va men beraman degan, men bunga ishonaman. — Lola yozgan she`rlar... Onajonimning uyida, yozuv stolida qolgan. Ha, she`r yozaman, qog`ozga tushirganman ularni. Manba: Darakchi.uz | |
|
Всего комментариев: 0 | |
| |