14:36 Lola har bir ona farzandiga tez-tez aytishi lozim bo`lgan 6 ta iborani sanab o`tdi | |
Xonanda Lola Instagram`dagi sahifasi orqali yosh bolalarga ota-onalar tomonidan tez-tez aytilishi kerak bo`lgan iboralarni yozib qoldirdi. “Farzandingiz og`ir-bosiq, baxtli, o`ziga ishonchi yuqori bo`lib ulg`ayishini, eng asosiysi sizga hayotidagi eng asosiy inson sifatida ishonishini istaysizmi? Men psixolog emasman, biroq siz bilan farzandlarimiz o`zlarini sevimli va himoyalangan his etishlari uchun ularga tez-tez aytib turishimiz lozim bo`lgan iboralarni bo`lishmoqchiman. 1. Men seni yaxshi ko`raman! 2. Sen hayotimizda borligingdan baxtlimiz! 3. Sen dunyodagi eng chiroyli qiz(bola)san! 4. Sen juda iste`dodlisan 5. Istagan narsangni gapirish va qilish uchun jur`atli bo`l! 6. Kechinmalaring haqida so`zla berishdan cho`chima! Ular taassurotlarini so`zlab berishsa, farzandingiz sizga sirini ishongani uchun minnatdorchilik bildirishni unutmang! Mana shu so`zlarni farzandingizga imkon qadar ko`proq aytishga harakat qiling! Shundagina farzandingiz to`laqonli shaxs bo`lib voyaga etadi!”,—deb ta`kidlaydi xonanda. Ma`lumot uchun, Lolaning ikki nafar farzandi bor. Uning qizining ismi Shahina, o`g`li esa Shohdiyor. Xonanda farzandlarining suratlarini ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga joylab, ularning qiziqishlari, fikr va o`ylari haqida muxlislariga hikoya qilib keladi. Manba: Darakchi.uz | |
|
Всего комментариев: 0 | |