22:29
Lionel Messi dunyoning eng qimmat futbolchisiga aylanishi mumkin
“Manchester Siti” klubi “Barselona” jamoasi hujumchisi Lionel Messi transferi uchun rekord mablag` sarflashga tayyor. The Sun gazetasi tarqatgan xabariga ko`ra, “shaharliklar” argentinalik futbolchi uchun 100 million funt bermoqchi.

Manbada yozilishicha, ingliz klubi vakillari transfer borasida muzokaralar o`tkazish uchun “Barselona” rahbariyatiga ogohlantirgan, biroq bu borada rasmiy taklif bilan chiqmagan.

Ayni damda rekord transfer Pol Pogbaga tegishli bo`lib, u o`tgan yili yozda 89 mln funt evaziga “Yuventus”ni “Manchester Yunayted”ga almashtirgan edi. Messi bu mavsum kataloniyaliklar safida 24 uchrashuvida maydonga tushib, 27 gol (9 pas)ga mualliflik qilgan.
Категория: Qiziqarli sport yangiliklari / futbol xabarlari | Просмотров: 965 | Добавил: Admin | Теги: Lionel Messi dunyoning eng qimmat f | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar