21:18 LAB BO`YoG`INGIZ FE`LINGIZDAN SO`ZLAYDI | |
1. Yarim uchburchak shaklli lab bo`yog`i sohibasi tartib-qoidalarni hurmat qiluvchi, mantiqiy fikrlovchi, og`ir-vazmin, shuningdek har ishni o`z vaqtida qilishga o`rgangan xonimdir. 2. Oval shaklidagi lab bo`yog`i – ijodkor, hamisha yangilik yaratishga moyil bo`lgan ayollarga tegishli. Ularning didi baland bo`lib, tabiatan murosa qilishga moyil, har qanday sharoitda ham odamlar bilan kelishib keta oladi. 3. Tekis kesilgan – ishonchli va sirdosh bo`la oladigan ayollarga hos lab bo`yog`i. Bunday ayollar g`is-tuyg`ularga berilmaydi, tez va to`g`ri qaror qabul qila oladi. 4. Qiya kesimli – o`ziga ishonchi baland, maqsadiga etishishi uchun har qanday to`siqni ham pisand qilmaydigan ayollar lab bo`yog`i. Rahbarlikka intiladi. 5. Tekis yarim chuqurchali kesim – his-tuyg`ularga moyil, ko`ngli yumshoq ayollarning lab bo`yog`i shunday shaklda bo`ladi. Ular har qanday odamni o`zlariga maftun etish iqtidoriga egalar. 6. Yarimoy shaklidagi lab bo`yog`i hamma narsaga burnini suqishni yaxshi ko`radi, juda qiziquvchan. Mardligi ham, tadbirkorligi ham bor. Bir so`z bilan aytganda, fe`lini oddiy deb bo`lmaydi, istak va xohishlari tez-tez o`zgarib turadi. 7. Uchli oavl lab bo`yog`iga ega ayollarni odatda, “shiringina ekan” deb ta`riflashadi. O`zini oilasiga baxshida etishga tayyor, xonadoningizning haqiqiy farishtasi bo`lishi mumkin. Boshqarish ham qo`lidan keladi, o`jargina, doimo muloqotga muhtoj. 8. Uchburchak shaklli lab bo`yog`i egasining olijanob va sinchkov ekanligidan dalolat beradi. U atrofidagilarning e`tiboriga tushishni istaydi, sirliligi ham bor, ba`zanfaqat o`zi haqida o`ylashi ham mumkin. Hayotni sevadi. Manba: Darakchi.uz | |
|
Всего комментариев: 0 | |