20:04
Lab bo'yog'i haqida 4 ta haqiqat
1. Shaftoli rang lab bo`yog`i tishlarni sarg`ish ko`rsatadi!

Noto`g`ri! Agar tish emali sarg`imtir bo`lsa, lab bo`yog`ingiz qizilmi, pushtimi farqi yo`q, muammoni yashrib bo`lmaydi.
2. Kontur qalami bo`yoq yoyilib ketmasligini oldini oladi

Noto`g`ri! Kontur qalami lab ko`rinishini tartibga keltiradi. Ammo bo`yoq surtilib ketishidan himoyalamaydi. Lab ko`rinishiga urg`u berishni istasangiz, kontur qalamining ochroq ranglaridan tanlang.
3. Lab va tirnoq rangi bir-biriga mos bo`lishi kerak!

Allaqachon urfdan qolgan! Hozir turli rang bo`yoqlarini bir-biriga moslash ommalashgan. Masalan, qizil lab bo`yog`i surtsangiz, tirnoqlaringizni pushti yoki marjon ranglarga bo`yashingiz mumkin.
4. Tez tarqamaydigan bo`yoq labni quritadi!

Zamonaviy texnika ishlanmalari bu qoidani rad etishadi. Bugun chidamli rangga ega lab bo`yoqlari tarkibiga turli xil moylar qo`shilgan bo`lib, ular lab terisini oziqlantirib, kimyoviy vositalar ta`siridan himoya qiladi.
Категория: Qiziqarli malumotlar / ajoyib xabarlar | Просмотров: 783 | Добавил: Admin | Теги: Lab bo'yog'i haqida 4 ta haqiqat | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar