10:57
Koreyalik xonimlarning go`zallik sirlari
1. Dush qabul qilgach, 10 soniyadan so`ng yuzlaringizga krem surting. Chunki yuzdagi teshikchalar bu paytda ochilgan bo`lib, krem teringizga tez singadi.

2. Yumshoq sochiqni issiq suvda namlab oling-da, yuzingiz ustiga yopib yoting. So`ngra yuzingizni massaj qiling. Bu qon aylanishini yaxshilab, teshikchalarni toraytiradi va yuz terisini taranglashtiradi.

3. 1 osh qoshiq dengiz tuzini 1 stakan issiq suvga solib, eriting. Yuzingizni yuvgach, qo`lbola tonik bilan tozalang. Natijada, qora nuqtalar bilan xayrlashasiz, yuz teringiz sog`lom va tiniq ko`rinishda bo`ladi.

4. Dag`allashgan, qoraygan yoki dog` paydo bo`layotgan teri qismini limon sharbati bilan artishga odatlaning. Albatta, teringiz juda ta`sirchan va allergiyaga moyil bo`lmasa. Koreyalik xonimlar ta`biricha, limon sharbati piling vazifasini o`tab, terisi elastikligini ta`minlar ekan.
Manba: Darakchi.uz
Категория: Qiziqarli Ayollarga maslahatlar / qiz bolaga maslahat | Просмотров: 1169 | Добавил: Админ | Теги: Koreyalik xonimlarning gozallik sir | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar