21:30
Ko’chaning yozilgan va yozilmagan 20 ta qoidasi
Ijtimoiy hayotda qilinadigan muloqot va munosabatlar va hatti harakatlarning hammasi ma’lum qoida asosida bo’lishi kerakki, xuddi barcha narsalar o’z rejasi asosida yaratilganidek. Qaysi mamlakatda, qaysi idoradagi barcha hatti harakat va ishlar qoida asosida borar ekan unda vajohat, tartib va xayru baraka bo’ladi. Shu nuqtai nazardan biz har kuni ko’p bora duch keladigan ko’cha va yo’laklarning ham o’z qoidalari bor ekan. Aytadigan qoidalar piyodalar uchun. Bu qoidalarga amal qilinganda bir nechta foydalar mavjud: asosiysi vaqt tejaladi, g’illi-g’ashlik bo’lmaydi va savobga ega bo’linadi. Demak, ko’cha, yo’lak va yo’lda yurganda quyidagilarga amal qilish talab etiladi.
Ko’chaga chiqishdan avval kiyimga e’tibor berish kerak. Erkaklar erkakcha, ayollar ayollarga xos kiyimlarni kiyib yurishi kerak. Hozirda evropacha va kinoga taqlid qilingan kiyimlar hech kimni havasini keltirayotgani yo’q.
Ko’chaga chiqishdan oldin olib ketish kerak bo’lgan narsalarni bir ko’zdan kechirish kerak.
Uydan ko’chaga chiqayotganda albatta duo bilan o’ziga kuch quvvat va ishning yengil bo’lishligini so’rab chiqish lozim.
Yo’lda viqor bilan Kishining yurishiga qarab ham kishining harakterini bilish mumkin.
Shaxd bilan yuqoridan pastga tushadigan sifat bilan yurmoq kerak. Zero sekin va xolloslab yurish kasal kishining sifatlaridan.
Alanglab yurishdan tiyilish kerak. Zero bu hayvonlarga xos.
Hamma joyga xususan kishilarning ochiq hovlisiga qarash mumkin emas. Xonadon va boshqa joylarda noqulay vaziyatlarga tikilish kerak emas.
Birov chaqirsa, butun tana bilan qayrilib qarash yaxshi ekan.
Ko’chada salomni joyiga qo’yish kerak. Kam kishi ko’plarga, ulovdagi piyodaga avval salom berishi kerak. Hech kim yo’q ko’chada ayollar erkaklarga yoki aksincha salom berishi kerak emas. Salom berilganda javob berish shartligini unutmaslik lozim.
Yo’lda ayol kishining oldi tarafidan yuriladi. Ketidan tomosha qilib ataylab yurish mumkin emas.
So’rashishda erkaklar qo’llarini berib ko’rishishlari juda yaxshi, ammo erkaklar ayollar bilan ko’rishishlari kerak emas. So’rashishdan nariga o’tmasligi lozim.
Ko’cha, yo’lakda so’rashaman deb to’planib qolmaslik kerak. Uydan ishxonadan chiqib yoki ko’chada turgani holda, to’planib o’tgan ketganlarning g’iybatiyu hisobini olish tavsiya etilmaydi.
Kim bo’lsin undan qayerga, nimaga ketayotganini beuzur so’rashi ezmalikdir. Shunaqa so’rovchilarga esa aniq javob aytish majburiyati yuklanmaydi.
Ko’chada ovqatlanish qoidalar va gigienaga zid hisoblanadi.
Begona bo’lsa ham yuk ko’tarib ketayotgan kishiga yordam berish kerak.
Adashganlarga yordam berish, so’raganlarga esa xushmuomilalik bilan javob qaytarish ko’chaning qoidalaridan hisoblanadi.
Ko’chani toza tutish kerak. Ko’chaga chiqindi tashlamoqchilarga axlat tashlash joylarini ko’rsatish lozim.
Mashina yo’llarida yo’l harakat qoidalariga amal qilish kerak.
Ko’cha va yo’llar remont(sozlash) bo’layotganda qaysidir tomondan bir yordam ko’rsatish yaxshi amal hisoblanadi. Omma ishi bo’lsa qatnashish talab etiladi. Yoki ovqatlantirish bilan ularga yordam ko’rsatish kerak.
Manzilga yetganda ham shukr keltirish yaxshi hisoblanadi.
Категория: Qiziqarli foydali maslahatlar / Kerakli maslahatlar | Просмотров: 1087 | Добавил: Admin | Теги: Ko’chaning yozilgan va yozilmagan 2 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar