23:56
“Kinder-syurpriz” kashfiyotchisi vafot etdi
Italiyada Ferrero kompaniyasi rahbarlaridan biri Uilyam Selis 83 yoshida Italiyaning Pavia shahrida yurak xurujidan vafot etdi.

U shokoladli tuxum shaklida sovg`a bilan chiqarilgan “Kinder-syurpriz”ni 1970 yillarda o`ylab topgan, shokolad 1974 yili sotuvga chiqarilgan. Shuningdek, Selis Ferrero Rocher shirinliklarini o`ylab topgan.

2007 yilda kashfiyotchi 400 ming evro mukofot olib nafaqaga chiqqan.

40 yil davomida Ferrero milliardlab “Kinder-syurpriz” sotgan.
Категория: Qiziqarli dunyo yangiliklari / xorij xabarlari | Просмотров: 762 | Добавил: Admin | Теги: “Kinder-syurpriz” kashfiyotchisi va | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar