22:33
Kimdir bilgan va kimdir bilmagan ajoyib ma'lumotlar
O’zim duch kelgan ba’zi qiziqarli ma’lumotlarni havola etaman.
Bizni urg’ochi chivinlar chaqadi! Ha, zoologlarning fikricha shunday ekan. Urg’ochi chivinlar tuxum qo’yishi uchun ularga ko’p miqdorda protein kerak bo’ladi, chivinlar lozim bo’lgan proteinlarni biz insonlardan olishar ekan.
Xalqimiz erkaklar qadrini hamisha baland tutib kelishgan. Buni biz imoratlar misolida ham bilishimiz mumkin. Ilgaridan o’zbeklar imorat solganda to’sinlarni toq tashlashgan, ya’ni 7 ta, 9 ta va hokazo. Buning o’ziga yarasha ramziy ma’nosi bo’lib bundan maqsad, o’sha uyning erkagi ham oilaning ustuni, suyanchig’I, ya’ni to’sinlarning jufti mana shu erkak hisoblangan ekan.
Siz bakavullar haqida eshitgansiz, ammo, ularning vazifasi nimalardan iborat ekanini bilasizmi? Xonlik davri hukmron paytlarda bakavullar xon saroylarida yashashgan. Ularning vazifasi esa xonga tortiladigan taomlarni ta’mini ta’tib berishgan. Ya’ni, taomlarning mazasi, yoki unga zaxar solingan yo solinmaganini bilib berishdan iborat bo’lgan.
Yurtimizda juda ko’plab universitetlar faoliyat olib bormoqda. Yoshlar o’zlari istagan va o’zlari intilgan istalgan yo’nalishdagi bilim dargohlarida tahsil olishlari mumkin. Xorijiy yurtlarda ta’lim olish uchun ham keng yo’l ochib berilgan. Sharoitlar yetarli faqat iqtidor, intilish va izlanish bo’lsa bas. Yevropaning rivojlangan mamlakatlar qatoriga kiruvchi, aholi turmush darajasining o’sishi bo’yicha yuqorida turuvchi Lyuksemburg davlatida bironta ham oily o’quv yurti yo’q ekan. U yerda o’qishga ishtiyog’I baland bo’lganlar xorij universitetlarida o’qishar ekan.
Tennisga qiziquvchi kishilar “Roland Garros” korti haqida albatta eshitishgan. Aslida Roland Garros 1888-1918 yillarda yashagan harbiy uchuvchi bo’lib u tennisni yomon ko’rgan. Uning do’stlari va sheriklari o’zlari uchun aerodrome yoniga tennis korti qurib, kortni uni nomi bilan atab, uning jig’iga tegishadi. Qarangki, shu kort haligacha uning nomi bilan atalib turnirlar o’tadi.
Odamning kipriklari qancha yashashi haqida eshitganmisiz? Kishi husniga husn qo’shuvchi, ko’zni chang-g’ubor zarralari va mayday xasharotlardan saqlab turuvchi kipriklar o’rtacha 90 kun yashar ekan.
Azaldan sharqda do’ppini ayollar tikib o’zlari erkaklargakiydirishgan. Bu ayollarning erkaklarga hurmatini ifodalagan. Erkaklar ham ayollarga befarq emasligini, qolaversa ayollar oldida o’z xokisorligini bildirib ayollar maxsisini tikishgan. Bu an’ana hozir ham davom etib kelmoqda.
Sendvich haqida eshitgansiz. Bu yegulik nomini yengiltabiat ingliz Lord Sendvich nomi bilan bog’lashadi. U erta-yu kech qimorxonalarda qolib ketib, qorni ochganda bir bo’lak non ustiga go’sht qo’ydirib olib kelib kun o’tkazgan. Qimorboz raqiblar yog’li qo’l bilan kartani ushlab, iz qoldirishda va qalloblikda ayblashgach, u go’sht ustidan yana bir bo’lak non qo’yishlarini so’ragan. Mijozlar keyinchalik Sendvich yegan yegulikdan bering deb uning nomini butun dunyoga Sendvich deb tarqalishiga xizmat qilishgan.
1938 yil elektrokurtkalar ixtiro qilingunga qadar qilichbozlar oq rangli kiyimda, qilichlarini siyohga botirib olib musobaqalarda ishtirok etishgan ekan. Oq rang xisobda adashmaslik uchun yordam bergan.
Agar haqiqiy kemaning o’zini yoki uning suratini ko’rgan bo’lsangiz uning korpusida ikki qator suv chizig’I ya’ni vaterliniya tortilgan bo’ladi. Bu chiziqlar kemaga ortiladigan yuklar bilan bog’liq bo’lib agar kema chuchuk suv bo’ylab harakatlansa birinchi chiziqqacha, sho’r suv bo’ylab harakatlanadigan bo’lsa ikkinchi chiziqqacha yuk ortishi mumkin ekan. Sho’r suvning zichligi chuchuk suvdan ko’proq ekani bunga sabab ekan.
Hindu qabilalarda ism juda kerakli detal hisoblanadi. Ular ismlarni tashqi ko’rinishi, fazilati va xarakteriga qarab belgilashgan. Erkaklari o’tkirtish, lochinko’z, burguttumshuq, ayollari uzunsochlaylak, chaqqonbaliq va hokazo kabi. Odatda ismdan chaqirish, buyruq yo topshiriq berish maqsadida foydalaniladi. Shu sababli hindular kar-soqov tug’ilganlarga eshitmasa ismni uvol qilib nima qilamiz deb nom berishmas ekan.
Shimoliy Amerika hindularida kuchli darajada baqirishdan yaxshi qurol sifatida foydalanishgan. Ular bu “qurol”ni bolalariga erta o’rgatib qo’yishgan. Ular bu mashqni tog’lar tagida va daralarda mashq qilishgan. Ular bu qurolni ishlatganda hatto bezon xushidan ketgan, ayiqlar esa qo’rqib daraxtga chiqib ketgan ekan.
Категория: Qiziqarli malumotlar / ajoyib xabarlar | Просмотров: 969 | Добавил: Admin | Теги: Kimdir bilgan va kimdir bilmagan aj | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar