18:38 Kichkintoy emaklamayapti? Yoki emaklashni boshlaganda... | |
Odatda, sog`lom kichkintoylar 7 oyligida mustaqil o`tirishni o`rganib, so`ng emaklashni boshlashadi. Emaklash bola organizmi uchun foydali va kerakli jarayon hisoblanadi. Biroq ayrim bolalar emaklashga qiynalib, bir yo`la yurib ketishadi. 1. Bola emaklamasligining asosiy sabablaridan biri raxit kasalligi bo`lishi mumkin. Mushaklar sustligi bolaning emaklay olmasligiga olib keladi. 2. Ko`pincha bolalar maydonchasi (manej)dan chiqmagan, qo`lda ko`tarib yurishga o`rgangan yoki chaqaloqligida mahkam yo`rgaklangan bolalarning emaklashi ham qiyin bo`ladi. 3. Semizroq, yo`g`on suyakli kichkintoylar emaklashga erinishadi, ammo ularning qo`llaridan ushlab asta-sekinlik bilan o`rgatishingiz mumkin. 4. Ba`zi bolalar emaklash nimaligini tushunmay, dangasalik qilishadi. Bu vaziyatda farzandingiz bilan yoshi teng yoki undan 2-3 oylik katta bolali dugonangizni mehmonga chaqiring. Dangasa bolakay o`zi kabi do`stining harakatchanligini ko`rib, unga ergashadi. 5. Bolaga harakatlanishi uchun kengroq joy hozirlang. Ortiqcha narsa-buyumlarni olib qo`ying. 6. Kichkintoy polni yalab ko`rishi, dahlizdagi oyoq kiyimlarni qiziqib ushlab ko`rishi mumkinligini hisobga oling-da, uyni doim ozoda tuting. 7. Shuningdek bola emaklashni boshlaganda xojatxona va hammom eshiklari yopiq turishiga ahamiyat bering. Birinchidan, bolaning u xonalarga emaklab kirishi gigienaga to`g`ri kelmaydi, ikkinchidan u erdagi kimyoviy vositalarni qiziqib, og`ziga solish xavfi bor. 8. Agar polingizni sirg`aluvchan, silliq laminat yoki parket bo`lsa, bola emaklaganda yiqilmasligi uchun polga gilamlar to`shab qo`ying. 9. Emaklashni boshlagan bolaga, tizzalariga qalin mato tikilgan kiyimchalar harid qiling. Shunda bolaning nozik tizzalari lat emaydi. Manba: Darakchi.uz | |
|
Всего комментариев: 0 | |