21:12
KERAKSIZ NARSALARDAN VOZ KECHING
1. Agarda 1-1,5 yil mobaynida kerak bo‘lmagan narsalar to‘planib qolgan bo‘lsa, va ularning haligacha keragi bo‘lmasa bunday narsalardan albatta voz keching.

2. Oynalarda chang qoldirmang, albatta tozalab oling.

3. O’rindiqlarda osilib qo‘yilgan kiyimlarni tezda joyiga qo‘ying.

4. Qurigan gullarni iloji boricha xonadan tezroq olib tashlang.

5. Uyingizdagi xonalarni bir vaqtda o‘zgartirmang.

6. Sizga zo‘r turadigan narsalarni sotib oling, shunchaki yarashganlarni emas.

7. Yangi kiyimlaringizni jovonga osishdan oldin, eskilarini tashlab yuborishni unutmang.

8. Sizga rang, stil va o‘lchov jihatdan mos kelmaydigan kiyimlarni o‘ylamay tashlab yuboring.

9. Sizga quvonch baxsh etmaydigan ranglardagi kiyimlardan voz kecha oling.

10. Ishdan chiqqan elektr uskunalarini qayta — qayta tuzatib yurmang. Tashlab yuboring.

11. Eski narsalar o‘zida negativ energiyani ko‘proq saqlash qobiliyatiga ega ekan.

12. Unutilgan uchrashuvlar, o‘qilmagan kitoblar… Xullas baridan voz kechish kerak.

13. Odamlar bilan ham xuddi shunaqa. Sizni unutgan insonlarni eslab yurmang. Yomon ko‘rsangiz ham unutib, shunchaki voz keching xolos.

14. Xohlagan narsaga inson bilib – bilmay pozitiv yoki negativ energetika berar ekan.
Категория: Qiziqarli foydali maslahatlar / Kerakli maslahatlar | Просмотров: 1034 | Добавил: Admin | Теги: KERAKSIZ NARSALARDAN VOZ KECHING | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar