15:19 Kayfiyatni ko'taruvchi mashg'ulotlar Albatta qo'llab ko'ring bu foydali | |
1. Harakatda bo`ling Charchoq va og`riq bilan kurashishda jismoniy mashqlarga teng keladigan yo`q. Axar tanamiz faollashgani sari organizm endorfin — “baxt gormoni”, adrenolin, serotonin va dofamin kabi gormonlarni ishlab chiqara boshlaydi. 2. Qalampir bilan do`st tutuning Agar taomingizga qalampir qo`shib tanovul qilsangiz taxminan 20 daqiqalardan keyin xursand bo`lishni boshlaysiz. Chunki, organizm endorfin moddasini faolroq ishlab chiqaradi. Shunday ekan xursand bo`lishni istasangiz, achchiq-achchiq taom eng. 3. Yaqinlaringizni bag`ringizga bosing Quchoqlashish chog`ida tanamiz oksitosin – “mehr-muhabbat gormoni” og`ushida qoladi. Shuning uchun kimnidir bag`ringizga bosganingizda himoyalanganlik, ishonchni his etasiz. Shuningdek bu gormon stressdan xalos etadi. 4. Shokolad eng Ha, buni aytmasak ham yaxshi bilasiz. Yodingizdan chiqmasin dedik-da. 5. Quyosh nurlari g`amlaringizni aritadi Bulutli kunda tund kayfiyatda yurishimiz bor gap. Buni qarangki, bobo quyosh etarlicha nur sochmasligi tufayli o`sha mashhur baxt gormonlari kamroq ishlab chiqariladi. Shuning uchun mutaxassislar kayfiyat tushganida ochiq havoda, oftob nuridan bahramand bo`lib sayr qilishni tavsiya qiladilar. 6. Internet imkoniyatlaridan foydalaning Kuzatuvlarga ishonadigan bo`lsak, internet tarmog`i orqali qiziqarli videoroliklarni tomosha qilgan kishilar 44 foizgacha e`tiborini yaxshiroq jamlarkan. 7. Sovg`a ulashing Buning uchun bayram yoki yangi yilni kutib o`tirish shart emas. Yaqinlariga tez-tez sovg`a-salom ulashadigan insonlar o`zlarini boshqalardan ko`ra baxtliroq his etishadi. Chunki sovg`a tanlash jarayonining o`ziyoq, keyinchalik esa o`sha onlarni yodga soluvchi xotiralar ham asabiylikni engishga yordam beradi. 8. San`at shaydosiga aylaning Inson nigohi go`zallikka, ayniqsa san`at asariga tushganda organizm qoniqish gormoni – dofomin ishlab chiqarishni faollashtiradi. Shunday ekan, gallereyalar va turli ko`rgazmalarga borishga odatlaning. Juda vaqtingiz bo`lmasa, atrofingizni, ish stolingizni, devorlarni yorqin suratlar bilan bezating. | |
|
Всего комментариев: 0 | |