12:49
Katta hayotga tayyormisiz? Psixolog maslahati
1. Miyangizni keraksiz va bo‘lmag‘ur xayollardan tozalang. Zararli odatlar, keraksiz ishlarga vaqt sarflash, stress, har qanday boshni gangitib qo‘yadigan o‘ylar va muammolar. O‘zingizni qo‘lga oling va ular haqida unuting. Yangi yutuqlar uchun tiniq miya kerak.

2. Mustaqil bilim olish bilan shug‘ullaning. Kitoblar o‘qing, biznes va o‘zingizga yoqadigan qiziqarli videolarni tomosha qiling. Barcha ko‘rgazmalarga boring, sayohat qiling, ma’lumotlarga ochiq bo‘ling, yangi sport turlari bilan shug‘ullaning, har tamonlama rivojlanishga intiling — bu biznesda juda ham yordam beradi.

3. Tadbirkorlarga xos fe’l-atvorni, mantiqni, IQ biznesni, odamlar bilan muloqot qilish, imo-ishoralarni, notiqlik ko‘nikmalarini rivojlantiring.

4. O‘z ma’naviy hayotingiz bilan shug‘ullaning. Mashhur targ‘ibotchilarning pand-nasihatlarini tinglang. Ma’naviy odamlar bilan muloqotda bo‘ling, ularning qadriyatlari, maqsadlari va orzulariga e’tibor qarating. Tahlil qiling, taqqoslang, o‘rganing. O‘zingizni muvaffaqiyatli inson deb his eting, lekin buning uchun anglab yetish kerak. Chunki tadbirkor insonlar juda ham ma’naviy insonlar bo‘lishadi.

5. Tadbirkorlar odamlarni qanday ekanligini juda yaxshi bilishadi. Olomonni hayrat bilan qarata olishadi. Har qanday psixologdan ko‘ra inson ruhiyatini yaxshiroq bilishadi. Albatta, bu hamma ishbilarmonlar emas, balki katta yutuqlar va tajribaga ega kishilarga tegishli. Buni yillar davomida orttiriladi. Siz ham shunday qiling.

6. Haqiqiy boylikni seving. Uni sevsangiz, sizni ham sevadi. To‘liq hayotga harakat qiling. Hech sezganmisiz, kambag‘al odamlar puli yo‘qligini aytishadi, bu mavzudan o‘zligini chetga olishadi. Boylar esa pul haqida, pullari ko‘pligi haqida gapirishni yaxshi ko‘rishadi. Shuningdek pulni yanada ko‘paytirishni ham bilishadi.

7. Orzu qiling. Maqsadingizni, asosiysi unga qanday qilib erishishingizni tasavvur qiling. Bosqichma-bosqich maqsadga erishish yo‘lingizni gavdalantiring. Oxirida, maqsadingizga yetib kelganingizda bu hissiyotni ifodalang. Bu tuyg‘ular sizga umid va ishonch beradi.
Категория: Qiziqarli foydali maslahatlar / Kerakli maslahatlar | Просмотров: 965 | Добавил: Admin | Теги: Katta hayotga tayyormisiz? Psixolog | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar