22:47
Kanadalik snayper jangarini 3,5 kilometrdan otib o`ldirib, jahon rekordini o`rnatdi
Kanadaning maxsus sara qo`shinlari snayperi Iroqda 3540 metr uzoqlikdan jangarini o`ldirib, jahon rekordini o`rnatdi, deb xabar berdi Tvzvezda.ru nashri.

Nashrning xabar berishicha, Joint Task Force 2 (JTF2) qo`shini xodimi joriy yilning may oyida Iroqda “Islom davlati” terrorchilik guruhining jangarisini uzoq masofadan turib, bir o`q bilan otib o`ldirgan. Kanada armiyasi xavfsizlik nuqtai nazaridan mazkur snayperning ism-sharifini, harbiy operasiya bo`lib o`tgan joyni oshkor etmadi. Mazkur hodisani snayperning sherigi videoga olgan. Rekordchi snayper McMillan TAC-50 vintovkasidan foydalangan holda, baland inshoot ustidan turib, o`q uzgan. Oldingi jahon rekordi britaniyalik snayper Kreyg Xarrisonga tegishli bo`lib, u 2009 yilda 338 Lapua Magnum vintovkasida 2475 metr masofadan turib, “Tolibon” terrorchilik guruhi jangarisini otib o`ldirgan edi.
Manba: Darakchi.uz
Категория: Qiziqarli dunyo yangiliklari / xorij xabarlari | Просмотров: 773 | Добавил: Admin | Теги: Kanadalik snayper jangarini 3, 5 kilometrdan otib oldirib, jahon rekordini ornatdi | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar