14:53 Kamqonlikka qarshi kurashda rediska ajoyib ko`makchidir | |
– Surunkali charchoq, immunitet sustlashishi hamda kamqonlikka qarshi kurashda rediska ajoyib ko`makchidir. Kunora 2 tadan rediska eyishga odatalansangiz, ikki yonog`ingizga qizillik yugurib, gemoglobin miqdori ortadi. – Kechki ovqatda yog`li, qattiq qovurilgan taomlarni rediska qo`shilgan salat bilan birga iste`mol qilish hazm faoliyatini yaxshilaydi. – Rediska me`da kasalliklari bilan og`riganlar uchun ham foydalidir. Tarkibidagi kletchatka oshqozon suyuqligi ishlab chiqarilishini rag`batlantiradi. – Avitaminoz yuzaga kelmasligi uchun ko`klam chog`i rediskani kanda qilmaslik kerak. – Bir kunda atigi bir marta rediska qo`shilgan salat yoki egulik esangiz, askorbin kislotasining bir kunlik miqdoriga ega bo`lasiz. – Kam kaloriya mahsulot ekanligi sabab parhezdagi xonimlar uchun asqotadi. – Qandli diabet bilan og`rigan bemorlar rediskani ko`proq tanovul qilishlari lozim. Bu poliz ekini tarkibidagi moddalar qonda qand miqdorini me`yorlashtiradi. – Eng foydasi – rediskadagi fitosidlar bo`lib, organizmni chiniqtirishi bilan ajralib turadi. Manba: Darakchi.uz | |
|
Всего комментариев: 0 | |
| |